Breaking News

Prezident saylovlari Qirg'izistonda shu yilning 30-oktabrida o'tadi


Prezident saylovlari Qirg'izistonda shu yilning 30-oktabrida o'tadi
Prezident saylovlari Qirg'izistonda shu yilning 30-oktabrida o'tadi

Qirg'iziston parlamenti bahorgi sessiyasini yakunlar ekan, prezident saylovi kunini belgilagan - 2011-yilning 30-oktabri.

Da'vogarlar ko'p. Asosan deputatlar, siyosiy partiyalarning rahbarlari va viloyatlarda ko'zga ko'ringan arboblar. Konstitutsiyaga binoan poyga saylov kunidan ikki oy oldin boshlanadi.

Yaqinda Vashingtonga safar qilgan deputatlar, sotsial demokrat Doniyor Terbishaliyev va muxolifatdan Doston Bekeshevning aytishicha, 10 ga yaqin emas, balki o'nlab siyosatchi maydonga chiqishi kutilmoqda.

Otunbayeva nomzodini qo'ya olmaydi, lekin da'vogarlar juda ko'p
Otunbayeva nomzodini qo'ya olmaydi, lekin da'vogarlar juda ko'p

Qonunchilar orasida kelishmovchiliklar hukm surar ekan, saylovning qachon o'tishi mavhum qolayotgan edi.

Siyosiy doiralarda ayrimlar amaldagi prezident Roza Otunbayevani vazifada uzoqroq qolish uchun harakat qilishga chaqirayotgan edi.

Otunbayeva bunga qarshilik bildirib, parlamentdan saylov yuzasidan tezroq qaror qilishni so'ragan. Qonunga muvofiq, Otunbayeva prezidentlikka o'z nomzodini qo'ya olmaydi.

Parlament boshqaruvida prezident vakolatlari pastroq bo’ladi, lekin hokimiyat uchun kurash tabiiy kurash emasmi, deya hayron bo’ladi “Respublika” partiyasi vakili Almazbek Botirbekov. Qirg’izistonda siyosatchiman degan odam rahbarlikka saylanishni istaydi, deydi u.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG