Bugun Qirg’iziston poytaxti Bishkekda ikki mingga yaqin odam hukumat idoralarini ishg’ol qilmoqchi bo’ldi.
Militsiya kuchlari ularni qaytarish uchun ko’zni yoshlantiruvchi gazni ishga soldi.
Namoyishchilar hukumatning Kumtor oltin konini davlat tasarrufiga qaytarish talabini qondirmaganidan norozi. Kon ayni damda Kanadaning Centerra Gold Inc kompaniyasi qo’lida.
Mamlakat yangi Bosh vaziri Jantoro Satibaldiyev ikki kun burun konga borib, talablarga quloq solmaymiz deya bayon qilgan edi.
Bosh vazirning xorijiy sarmoyalarni himoya qilish va’dasi millatchi kuchlarni g’azabga soldi.
Millatchi partiyalar parlamentda ozchilikni tashkil qilgani uchun iyun oyida Kumtor oltin konini davlat tasarrufiga o’tkazishga doir qonun loyihasi uchun yetarlicha ovoz to’play olmadi.
Ularning sardori, parlamentdagi Ota-Yurt partiyasi fraksiyasining lideri Kamchibek Tashiyev bugungi namoyishlarga bosh bo’lib, vazirlar va deputatlar idoralarini egallab, tunni o’sha yerda o’tkazamiz, dedi.
“Xalqqa xizmat qiluvchi tizim tuzmoqchimiz. Kumtor koni xalqqa qarashli va biz butun davlat tuzumini o’zgartirib, hukumatni yangilaymiz”, - dedi u.
Biroq omma tarqatilgach, Tashiyev g’oyib bo’ldi. Milliy xavfsizlik xizmati voqeani taftish qilmoqda.
Bishkekdan bugun olingan video: