Breaking News

Qari bor joyda pari bor

Qirg’izistonda nafaqaxo’rlar soni oshib bormoqda. Ishlayotgan nafaqaxo’rlarning nafaqasini ozaytirish hisobiga mamlakat xazinasini to’ldirish g’oyasi olg’a surilgan. Bu harakat jamiyat noroziligiga uchramoqda. Qariyalarning o’zlari bu yoshda qandaydir ish bilan mashg’ul bo’lish zarurligini aytadi. Bu salomatlikka ham, oila byudjetiga ham foyda. Kimdir bozorga chiqadi, kimdir dalaga. Kimdir uyda baholi qudrat biror yumush bilan mashg’ul. Momolar nabiralariga ajdodlardan qolgan udum va san’at sirlarini o’rgatadi. Qariyalar har so’zida “Olloh”, deydi, ma’naviyatdan gapiradi. Olis qishloqlarda keksalar chorva bilan shug’ullanadi. Yaylovda turmush sharoiti o’ziga xos qiyinchiliklarga ega. Baland tog’larda quyosh chiqdi deguncha, otaxonlar suyaklarini isitadi… Qariyalarimiz bor bo’lsin.

XS
SM
MD
LG