Breaking News

Qirg’iziston ayollari: Ekstremizmga qarshi faol kurashaylik


2015-yilgi saylovlarda Qirg'izistonda xotin-qizlar faol qatnashdi
2015-yilgi saylovlarda Qirg'izistonda xotin-qizlar faol qatnashdi

Qirg’izistonda diniy ekstremizm va radikalizmga qarshi kurashda xotin-qizlar ishtiroki haqida bot-bot gapirilmoqda. Xavfsizlik idoralari, diniy boshqarma va nodavlat tashkilotlar yaqinda O’sh va O’zgan shaharlarida o'tgan uchrashuvlarda buning zaruratini eslatgan.

Ekstremizmga qarshi kurashda xotin-qizlar faolroq harakat qilishi kerak
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:10:12 0:00

Ayollar orasida tushuntirish ishlarini kuchaytirish muhim, deydi arboblar, toki ekstremist guruhlar safiga tortilmasin.

Tadqiqotlarga ko’ra, so’ngi o’n yil mobaynida Qirg’izistonda ekstremizm va radikalizm g'oyalariga jalb qilingan fuqarolar soni 25 foizga o’sgan. Aqidaparastlar orasida ayollar safi ham kengayayotgani qayd qilingan.

Diniy ishlar bo’yicha Davlat komissiysi boshlig’i O’rozbek Moldaliyev aytishicha, xotin-qizlar ma'rifiy-tushuntirish ishlaridan chetda qolmoqda va ular bilan alohida ish olib borish zaruriyati tug’ildi.

Ayollar anjumanlaridan biri O’zgan shahrida bo’lib o’tdi. Shahar xotin-qizlar qo'mitasi raisasi, mahalliy maktab direktori Matluba Musaboyeva:

“Mamlakat prezidenti tashabbusi bilan ishlab chiqilgan diniy ekstremizm va radikalizmga qarshi kurash dasturi hotin-qizlarimiz, onalar tomonidan qo’llab- quvvatlanmoqda. Uni amalga oshirish borasida o’tkazilayotgan chora-tadbirlarda faol qatnashayapmiz. Bizga tinchlik kerak. Hech kim farzandi noma’qul ishlarga o’ralashib qolishini istamaydi”.

Suhbatdosh fikricha, bunday tadbirlar uzluksiz ravishda o’tkazilgan taqdirdagina samara bo’ladi.

Matluba Musaboyeva xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash, ularni jamiyatning ijtimoiy-siyosiy, madaniy hayotiga faol jalb qilish zarurligini ta’kidlaydi.

Uningcha, ko’p noma’qul narsalar aynan ishsizlikdan, jamiyat hayotidan olislikdan kelib chiqadi.

Taniqli qirg’iz yozuvchisi, “Umay ona” siyosiy partiyasi yetakchisi Salima Sharipova ayollar ro’lini inkor etmagan holda, erkaklar mas’uliyatini urg’ulaydi.

“Birinchidan, din xizmatchilari - imomlar, olimu-ulamolarimiz haqiqiy islom dini mohiyatini halqqa yahshi tushuntirishlari lozim. Yana shuni aytish kerakki, dunyo yuki erkaklar yelkasida. Ular o’z xonadonini, oilasini, onasi, jufti-haloli, opa-singli, qizlarini xavf-hatardan himoya qilishi joiz, oila -bu ona vatan, ota makon, deb bejizga aytilmaydi”, - deydi yozuvchi va jamoat arbobi.

Ayollarning o’rni va roliga kelsak, suhbatdosh deydi-ki, bu masalalarda ulardan tegishli bilim, salohiyat va qat’iyat, aql-idrok va iroda talab qilinadi.

“Ma’lumotsiz, oilada o’z o’rniga ega emas, haq-huqiqsiz ayoldan nima kutish mumkin?”, - deydi Salima Sharipova.

Albatta, diniy ekstremizm va radikalizm masalalarida jiddiy so’z yuruta olish uchun tegishli tayyorgarlik, chuqur bilim, shijoat, ko’nikmalar darkor.

“Faol xotin-qizlarimiz uchun o’quv mashg’ulotlari, treninglar o’tkaziladi. Aytaylik, o’tgan yili bunday mashg’ulotlarga maktab o’qituvchilari hamda yuqori sinf o’quvchilari taklif qilindi. Toki bunday saboqlardan bahramand bo’lgan, bilgan- o’rgangan insonlar boshqalarga ham holis ma’lumot bersin, to’g’ri yo’lga undasin”, - deydi Diniy ishlar bo’yicha Davlat komissiysi boshlig’i O’rozbek Moldaliyev.

XS
SM
MD
LG