Breaking News

Los-Anjeles aeroportidagi otishma 'terrorizm" deya tamg'alanishi mumkin


Kecha qurollangan shaxs Los-Anjeles xalqaro aeroportiga kirib, soqchilarni o’qqa tutgan. Ulardan birini o’ldirgan. Uch kishi qattiq yaralangan.
"Amerika Ovozi" xabarlari, 2-noyabr, 2013
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:06:12 0:00
Yuklab oling

Voqea 3-terminalda ro’y bergan. Hujumchi 23 yoshli Pol Siansiya jarohatlangan va qo’lga olingan. Yonidan chiqqan maktubda Siansiya maqsadi mamlakat Transport xavfsizligi boshqarmasi a’zolarini yo’q qilishi ekanini yozgan. Guvohlarga ko’ra ham u aynan xavfsizlik xodimlarini nishonga olgan. Yo’lovchilarda alami yo’qligini aytib hayqirgan.

Pol Siansiya
Pol Siansiya
Federal qidiruv byurosi tergovni davom ettirar ekan, Siansiya terror xurujini amalga oshirgan deb xulosa qilishi mumkin. Hujumchining oldidan katta miqdorda o’q-dori chiqqan.

Transport xavfsizligi boshqarmasi 2001-yilning 11-sentabridagi voqealar ketidan tuzilgan organ. Kecha o’ldirilgan Jerardo Xernandez uning birinchi xodimlaridan edi.

Otishma sabab Los-Anjelesdek yirik aeroport ishi ancha orgaqa ketgan. 3-terminal yopilgan. Bir necha reyslar kechikkan, minglab yo’lovchi manziliga vaqtida yetib borolmagan.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG