Breaking News

Los-Anjelesga sayohat. Shahar haqida umumiy ma'lumot


Los-Anjeles shahri AQShda aholi soni bo’yicha Nyu-Yorkdan keyin ikkinchi o’rinda turadi. “Farishtalar shahri” deb nomlanuvchi bu joy bir vaqtlar Kaliforniya shtati bilan birga Meksika tarkibida bo’lgan. Shahar bir tarafdan tog’lar bilan, ikkinchi tarafdan esa Tinch okeani bilan o’ralgan.

Los-Anjelesga sayohat. Shahar haqida umumiy ma'lumot
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:05:35 0:00

Iqtisodiy qudrati bo’yicha dunyodagi yirik shaharlar orasida Los-Anjeles o’ntalikka kiradi. Bu yerda ikki bor yozgi Olimpiya o’yinlari o’tkazilgan, shahar 2028-yilda musobaqaga uchinchi bor mezbonlik qiladi.

Los-Anjelesni dunyoga tanitgan joy bu – Gollivud. Dunyodagi yirik kinokompaniyalarning oltitasi Gollivudda joylashgan. Bu yerda har yili yuzlab kartinalar ishlanadi. Amerikaning musiqa va boshqa ko’ngilochar sanoatlari markazi ham Los-Anjeles.

Los-Anjelesga sayohat qilgan odam kamida uchta joyni ko’rmay qaytmaydi. Birinchisi bu “Gollivud” yozuvi tushirilgan tepalik. 1923-yilda bir kompaniya reklamasi sifatida bir yarim yilga qo’yilgan salkam 14 metrlik yozuv, bugunga kelib dunyoda eng yirik va ommabop kino markazi ramziga aylangan.

Los-Anjelesning sayohatchilar bilan gavjum ikkinchi joyi bu Gollivud rayonidagi Shuhrat xiyoboni. 18 kvartalga cho’zilgan xiyobon yo’laklarida misdan ishlangan 2600 dan ziyod yulduzlarga dong’i ketgan aktyor va aktrisalar, prodyuserlar, musiqachilar, teatr va myuzikl guruhlari, kino va multfilm qahramonlarining ismlari o’yib yozilgan. AQShning 45-prezidenti Donald Trampga bag’ishlangan yulduz ham bor. Tramp xalqaro go’zallik tanlovlarini uyushtirishdagi xizmatlari uchun bu sharafga 2007-yilda muyassar bo’lgan.

Los-Anjelesga kelgan mehmonlar Beverli-Xillzni ham ko’rishga oshiqadi. Gollivud yulduzlari yashaydigan shaharcha hashamatli uylari bilan ajralib turadi. 2013-yilda O’zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimovning kenja qizi Lola Karimova salkam 50 million dollarga Beverli-Xillzdan saroydan qolishmaydigan uy sotib olgan.

Los-Anjelesda hayot qimmat, yo’llardagi tirbandlik bo’yicha Amerikada deyarli birinchi o’rinda, biroq havosining mo’tadilligi bilan ko’plarni o’ziga tortadi.

Los-Anjeles ko’p elatli shahardir. Meksikaliklar, xitoylar, armanlar, yahudiylar, eronliklarni ko’p uchratish mumkin. Asosan Nyu-York va uning atrofida qo’nim topadigan o’zbekistonliklar so’nggi yillarda Los-Anjelesga ham kelmoqda.

"Amerika Ovozi" Los-Anjelesda kinorejissyor Bahodir Yo’ldoshev, aktyor Ahmad Berdimurodov, Gollivud yulduzlari bilan ishlagan soch ustasi Shirin Gulyamova, qo’shiqlari xitga aylangan o’zbekistonlik xonanda Arsen Petrosov, jamoatchi faol Madina Xolmurodova bilan uchrashdi.

Bu insonlar haqidagi reportajlarimizni yaqin kunlarda “Amerika Ovozi”da tomosha qiling.

  • 16x9 Image

    Odil Ro'zaliyev

    Odil AQShning Tafts Universitetida (Tufts University) magistrlik darajasini olgan. Ungacha O'zbekistonda Jahon tillar universitetida tahsil qolgan, Nyu-Yorkdagi Peys universitetida bir yil almashinuv dasturi bo'yicha o'qigan. 

    Odil graduated from the Uzbekistan State World Languages University. Then he was an exchange student at Pace University in New York for one year (1993-1994). He got his Master's degree from Tufts University in Massachusetts in 2004.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG