Breaking News

Koinot sirlarini o’rganish uchun ulkan raqamli kamera yaratilmoqda


Dunyodagi eng yirik raqamli kamera
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:01:56 0:00

Dunyodagi eng yirik raqamli kamerani yaratish uchun o’nlab yil vaqt va 700 million dollar mablag’ sarflandi. Vosita koinot tasvirlarini yozib olishga mo’ljallangan. 2023-yilda tayyor bo’lgach, uni Chili tog’larida joylashgan bahaybat teleskop ustiga o’rnatishadi.

“Ulkan kameraga ehtiyojimiz bor edi. Bunaqasini ilgari hech kim yaratmagan”, - deydi Vera Rubin observatoriyasi rahbari Stiven Kan.

Fizik olim 3 milliard pikselli kamerani qurish loyihasini boshqaradi. Bu smartfon tasviridan taxminan 300 baravar katta. So’ng kamera 10 yilda davomida osmonning har bir qismini qayta-qayta suratga oladi.

“Bu ishni 10 yil davomida bajarsak, osmonning har bir nuqtasini ming martadan tasvirga olgan bo’lamiz. So’ngra ularni bir-biriga taqqoslab, koinotdagi o’zgarishlarni, harakatda bo’lgan har bir jismni ko’ra olamiz”, - deydi Kan.

AQSh hukumati moliyalayotgan apparat misli ko’rilmagan darajada to’playdigan ma’lumotlar koinot sirlarini, xususan, qora materiya va qora energiyani o’rganishda yordam beradi.

Ammo tadqiqotchilar ilk sinov uchun oddiy bir mahsulotni tanladi: romanesko brokkoli.

“Uning tuzilishi murakkab. Kattalashtirgan sari ko’proq narsani ko’rasiz”, - deydi Kan.

Brokkoli tasvirini to’liq hajmda ko’rish uchun 378 ta ultra yuqori aniqlikdagi televizor ekranlari kerak bo’ladi.

Dunyoning turli burchaklaridagi olimlar qatorida havaskor olimlar ham kamera ma’lumotlarini tahlil qila oladi.

Stiven Kanning tasvirlashicha, Yer yuzidagi maktablarning har bir sinfiga bittadan galaktika topshirilsa ham, ular soni yetarli.

“O’quvchilar bu yorqin yulduzni birinchi bo’lib ko’rishi ham mumkin”, - deydi observatoriya direktori.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG