Las-Vegasda ommaviy qatlga qo'l urgani aytilayotgan Stiven Pedok bu jinoyatni nima maqsadda amalga oshirgani hanuz noma'lum. Otishmada kamida 59 kishi halok bo'lgan, 600 ga yaqin odam yaralangan.
Qotil mehmonxona oynasidan teshik ochib, konsert uchun pastda to'plangan odamlarga qarata o't ochgan. Dastlab, ko'pchilik o'q ovozini mushakbozlik deb o'ylagan.
"Ayrimlar yiqilib tushdi, boshqalar baqirib qochayotgan edi".
"Biz rosa yugurdik. O'q ekanini haliyam bilmagan edim".
"Odamlar yiqila boshladi", - deydi guvohlar.
Las-Vegasdagi qatliom zamonaviy AQSh tarixida eng fojealisidir.
Prezident Tramp va Vitse-Prezident Pens 2-oktabr kuni Oq uyda qurbonlar uchun bir daqiqa sukunat saqladi. AQSh bayroqlari yarmigacha tushirib qo'yildi.
Halok bo'lganlar orasida odamlarning qochishiga yordam bergan politsiyachi ham bor.
Ko'ngillilar yaralanganlar uchun qon topshirdi. Oq uy matbuot kotibi xuruj ortidan yordam bergan odamlarni olqishladi.
"Tasavvur qilib bo'lmas nafrat qarshisida mehr-muhabbat ko'rsatgan insonlar xotirasi hech qachon o'chmaydi. Ular ko'rsatgan namuna Amerika ruhining aslo sinmasligini esga soladi", - dedi Oq uy matbuot kotibi Sara Xakabi Sanders.
"Islomiy davlat" xuruj uchun mas'uliyatni o'z zimmasiga oldi, ammo tergovchilar bu yoki boshqa guruhlar bilan biror bog'liqlik topgani yo'q.
"Bu odam yakka o'zi harakat qilgan. Bunday narsani qanday to'xtatish mumkinligini bilmayman".
"Xalqaro terrorga aloqasi yo'q", - deydi tergovchilar.
Oilasiga ko'ra, Peddok boy bo'lgan va qimor o'ynashni, Floridadagi onasiga qimmatbaho shirinliklar jo'natishni yaxshi ko'rgan.
"Akam qildi bu ishni. Xuddi bizni otgandek bo'ldi. Hatto farzandlarimni otganda ham bunchalik hayratlanmagan bo'lardim", - deydi Stiven Pedokning ukasi.
So'nggi xuruj AQShda bunday otishmalarni qanday to'xtatish mumkinligi haqidagi bahslarni yana avj oldirdi. Ekspertlar konsertga keladiganlarning sumkalarini tekshirish kerak deydi, ammo Las-Vegasdagi otishma mehmonxonadan turib amalga oshirildi.
"Bu boshqacha holat. Hech qaysi tadbir kimningdik mehmonxonadan shu tomonga qaragan xonani olishdan to'sa olmaydi. Bu eng yomon vaziyat", - deydi xavfsizlik bo'yicha ekspert Deyvid Ketz.
64 yoshli Stiven Pedokda 20 ga yaqin qurol, jumladan, avtomatik miltiqlar bo'lgani aniqlandi.
Facebook Forum