Breaking News

Gretsiyada 4 afg'on migranti qochqinlar lageriga o't qo'yganlikda ayblanmoqda


Afg’onistonlik to’rt nafar migrant Gretsiyaning Lesbos orolidagi yirik qochqinlar lageriga o’t qo’yganlikda ayblanmoqda. To’rtovlon hibsga olinib, oroldagi sud binosiga olib borildi. Ularga rasman ayblov qo’yilganidan so’ng hibsxonaga qaytarildi. Uch kundan keyin ayblanuvchilar ko’rsatma berishi kutilmoqda.

Odamlar bilan haddan ziyod to’lgan “Moriya” lagerini o’tgan hafta alanga olib, 12 mingdan ziyod qochqin va migrant boshpanasiz qoldi. Yong’indan hech kim tan jarohati olmagan, biroq palatkalar yonib kul bo’lgan, odamlar ko’chada tunashga majbur.

Yong’inga qo’l urgan yana ikki kishining o’smir ekani aytilmoqda. Ular ham hozir politsiya nazoratida.

Gretsiya hukumatiga ko’ra, lagerdagi yong’in tasodif emas, uning aholisi karantinga norozilik bildirib, ataylab olov yoqqan.

Rasmiy Afina Yevropa Ittifoqidan mamlakatning sharqiy qismidagi yangi lagerlarni birgalikda yuritishni so’ramoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG