Breaking News

Minglab ishchi muhojirlar Liviyani tark etmoqda


Shu paytgacha 100 ming odam Liviyani tashlab chiqqan
Shu paytgacha 100 ming odam Liviyani tashlab chiqqan

Notinch Liviyadan minglab odamlar, jumladan ishchi muhojirlar bosh olib ketar ekan, qo’shni davlatlar chegarada palatkalar o’rnatmoqda.

BMT Qochqinlar agentligi hisob-kitobiga ko’ra, o’tgan haftada 100 ming odam Tunis va Misrga qochgan.

Shundan taxminan 4500 nafari liviyalik.

Qolgani puli yo'q, hukumati beparvo fuqarolar, deya sharhlaydi AQSh matbuoti.

Tashkilot rasmiysi Antonio Guterres xalqaro hamjamiyatni yordamga, qochqinlarga boshpana berayotgan Misr va Tunisni qo’llab-quvvatlashga undadi.

Malta oroli ham 8 ming liviyalikni bag’riga oldi.

Misr va Tunis yaqinda davlat to'ntarishlarini boshidan kechirgan va gumanitar halokatni eplashi mushkul.

Chegarada to'qnashuvlar avj olishi, kasalliklar tarqalishi ehtimoldan xoli emas.

Xalqaro gumanitar tashkilotlar Tunisga bir necha ming tonna yegulik, dori-darmon, ust-bosh yetkazgan.

Bugun yana minglab liviyalik Tunis chegarasiga yaqinlashar ekan, armiya qochqinlarni to'xtatishga uringan.

G'arb davlatlari neft konlarida ishlayotgan fuqarolarini Liviyadan olib chiqmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG