Qo’shma Shtatlar Liviyadagi elchixonasini vaqtincha yopgan. Mamlakat notinch ekan, diplomatlar qo’shni Tunisga evakuatsiya qilingan.
Tripolidagi elchixona atrofida qonli janglar kuzatilmoqda.
AQSh Liviyadagi fuqarolarini bu davlatni tark etishga chaqirmoqda.
To’qnashuvlar qurollangan guruhlar orasida bo’lib, ular turli mutaassib liderlarga ega. O’zini islomiy armiya deb tanishtiradigan Misrata va Zintan to’dalari o’q almashib, shu oyning o’zida 50 dan oshiq odam o’lgan. Bu guruhlar Tripolidagi xalqaro aeroportni o’z qo’li ostiga olishni maqsad qilgan.
Liviya hukumati vaziyatni nazorat qila olmayapti. Amerikadan yordam so’ragan. Muammo, deydi rasmiylar, Liviyada qurollar jangarilar qo’liga o’tib ketgan va davlat o’z armiyasini oyoqqa turg’azishga qiynalmoqda. Politsiya ham juda zaif.