Vashingtondagi Galladet Universiteti (Gallaudet University) kar va soqovlar uchun mo’ljallangan dunyoning yagona oliy o’quv yurti hisoblanadi. Bu yerda ijtimoiy yo’nalish va ta’lim sohasida kar va soqov talabalarga yuqori sifatli bilim berish yo’lga qo’yilgan.
Talabalar internet orqali xorijlik profesor bilan imo-ishoralar tilida suhbatlashishyapti:
“Buni oila sadoqati deyishadi. AQShda buning muqobili yo’q. Balki sadoqat uncha to’g’ri so’zmasdir. Mustaqillik deb atasak to’g’riroq bo’lar?”
Londondek olis bir joydagi professor bilan bog’lanib, bunday muloqotlarni olib borish Galladet Universiteti uchun odatiy hol. Talabalar bu yerda o’zaro muloqotning turli usul va vositalaridan foydalanadi. “Skayp”da kamera orqali gaplashish shulardan biri. Universitet bergan ma’lumotga ko’ra, darslarning 90 foizdan ziyodi interaktiv usulda o’tadi.
Professor Jin Mayrusning aytishicha, raqamli texnologiya bugun sinf xonalarining ajralmas qismiga aylangan.
“Televizor, kamera va boshqa shunga o’xshash vositalar bor. Ular yordamida talabalar o’z loyihalarini uylarida yoki shu yerda tayyorlashlari mumkin. Kompyuter texnologiyalari, kamera va shu kabi uskunalardan ko’p foydalanamiz”, - deydi professor.
Internet dunyoni global shaharchaga aylantirgan bo’lsa, Galladet Universiteti global jamiyatga aylangan. Bu yerda butun dunyodan talabalar bor. Shu bilan birga universitet 53 mamlakatda filial ochgan.
Sonam Jeyn shri-lankalik. Bu yerda o’rganganlarim butunlay boshqacha, deydi u.
“Shri-Lanka shtatlardan iborat. Kar va soqovlar uchun umumiy imo-ishora standarti yaratilmagan. AQShda esa har bir narsa uchun alohida belgi bor. Shri-Lankada bunday emas. Shuning uchun u yerda ko’p mavzular haqida gapirishga qiynalar edim”, - deydi osiyolik talaba.
Ikki tilli oilada o’sgan bir talaba Galladetda muomala qilish qobiliyati kengayganini aytadi.
“Yoshligimda ingliz tiliga o’xshatib imo-ishora qilardim. Bu yerda esa haqiqiy amerikacha imo-ishora tilini o’rgandim. Uning yordamida aloqa qilish ancha oson. Universitetda hayot qaynaydi”, - deydi talaba.
Professor Mayrusning aytishicha, bu yerda aloqa qilishni yaxshi o’rgangan talabalar uchun imkoniyat eshiklari ochiladi.
“Talabalarda o’ziga ishonch ortadi. O’zaro aloqa qurollarini egallab, universitetni haqiqiy dunyoga tayyor bo’lib tark etishadi”, - deydi u.
Galladet Universitetida akademik va ijtimoiy tadbirlar ko’p bo’ladi. Belgilar tili bo’yicha muallim bo’lishga hozirlanayotgan bir magistrantning aytishicha, bu yerda hayot doim gavjum.
“Odamlar bilan tanishib, aloqa qilish mumkin. Bu yerda menga namuna bo’la oladigan ko’p odamlarni uchratdim. Biz uchun mashg’ulotlar uyushtirishadi. Ko’plab sport va madaniy tadbirlarda ham ishtirok etdim”, - deydi talaba.
Universitetda eshita oladigan talabalar ham bor. Ammo ularga kam o’rin ajratilgan. Bundaylar barcha talabalarning besh foizini tashkil etadi, xolos.