Breaking News

An'anaviy London marafoni bekor qilindi


2017-yil London marafoni
2017-yil London marafoni

Londonda har yili o’tadigan ommaviy marafon COVID-19 sabab bekor qilindi. London marafonlarida odatda 40 mingga yaqin odam qatnashadi, turli xayriya maqsadlari uchun millionlab funt sterling to’planadi.

Marafon aprel oyida o’tishi kerak edi, biroq avgustgacha qoldirildi. Tashkilotchilar marafon ishtirokchilari va tomoshabinlar salomatligini o’ylab tadbirni bekor qilishga qaror qildi. Ammo oktabr oyida ikki nafar marafon yulduzlari ishtirokida Londondagi markaziy bog’ va uning atrofida bir necha yo’lakda musobaqa o’tkazish rejada.

O’tgan yilgi g’olib keniyalik Eliud Kipchoge London marafonida beshinchi oltin medalni qo’lga kiritishga umid qilmoqda. Kipchoge o’tgan yili Venada o’tkazilgan norasmiy poygada g’alaba qozonib, marraga ikki soatdan kam vaqt ichida yetib kelgan ilk marafonchi bo’ldi.

35 yashar Kipchoge 12 ta marafondan 11 tasida, jumladan 2016-yil Rio-de-Janeyro Olimpiya o’yinlarida g’olib bo’lgan.

London marafonida u efiopiyalik Kenenisa Bekele bilan bellashadi. Bekele 10 ming va 5 ming metrga yugurishda uch karra Olimpiya va besh karra jahon chempioni. O’tgan yili u Berlin marafonida g’alaba qozonib, marraga Kipchogening jahon rekordidan ikki soniya kech keldi.

London marafoni bilan bir qatorda bu yili Boston, Berlin, Nyu-York va Chikago shaharlaridagi an’anaviy marafonlar ham o’tkazilmaydigan bo’ldi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG