Breaking News

Faqat Amerika mahsulotlarini sotadigan do'kon


Faqat Amerika mahsulotlari sotadigan do'kon
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:45 0:00

Futbolka va o’yinchoqlardan tortib, xo’jalik mollarigacha, Nyu-Yorkdagi bir do’kon faqat Amerikada ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotadi. 2008-yilgi moliyaviy krizisdan keyin ochilgan bu biznes bilan yaqindan tanishdik.

Mark Andol - “Made in America” do’koni egasi. Rastalarda AQSh tovarlarini ko’rasiz xolos. Bu uning birinchi biznesi emas. Payvandlash kompaniyasi 2008-yilgi krizisda yopilishiga oz qolgan. Kontraktlarini xorijga boy berib, ko’p ishchilarini ishdan bo’shatgan.

“Qo’limda ishlaydiganlar 70 dan 30 ga tushdi. Qarindoshlarim, menga qiyin paytlarda yordam bergan odamlarni ishdan bo’shatishga majbur bo’lgandim. Otam menga “ular tushunishadi” deb aytgani esimda”, - deydi Andol.

Mushkul ahvolga qaramasdan Andol niyatidan qaytmadi. Qattiq mehnat qilgan odam Amerika orzusiga erishadi, deb ishongan. 2008-yilgi krizisdan o’tib olgach u Nyu-Yorkning Elma shahrida birinchi “Made in America” do’konini ochdi. Hozirda mamlakat bo’ylab yana oltita shunday magazini bor.

“Meni ba’zida aqldan ozgan deyishadi, lekin butun kuch-g’ayratimni biznesimga bag’ishlanganman. Bugun mahsulot qayerda ishlab chiqarilgani muhim bo’lmay qoldi, odamlar g’urur bilan xarid qilmaydi. Buni tuzatish kerak, deb ishga kirishdim”, - deydi u.

2010-yilda do’kon ochilganida rastalarda mahsulot sanoqli edi. Oradan sakkiz yil o’tib, Andol 500 kompaniya bilan hamkorlik qiladi, AQShda ishlab chiqarilgan 7000 turdagi tovar sotadi.

“Ishlab chiqaruvchi biz bergan formalarni to’ldiradi. Mahsuloti 100 foiz Amerikada ishlab chiqarilganini isbotlashi kerak bizga”, - deydi Rob Veylen, do'kon xodimi.

Ommaviy so’rovlarga ko’ra, amerikaliklarning 75 foizi mamlakatning o’zida ishlab chiqarilgan mahsulotni istasa-da, narx - hal qiluvchi omil. Xaridor, albatta, sifatga ham e’tibor beradi.

Sifat bilan ularni jalb qilamiz, deydi Andol. Ba’zilar esa Amerika orzusiga erishgan do’kon egasini ko’rish uchun yo’l bosib keladi.

“Amerikaning o’zida ishlab chiqarilgan kiyim-kechak topish qiyin. To’qimachilik sanoati butunlay yopilgan desa ham bo’ladi. Bizda hatto rastalar ham o’zimizniki”.

AQSh tovarlarini sotishdan tashqari Andol payvandlash sexini ham yuritadi, yoshlarga bu kasbni o’rgatadi. Bunday sanoatlar Amerikaning o’zida bo’lishi kerak, deydi u.

“Hozir malakali ishchilar kam, busiz iqtisodni o’stira olmaymiz. O’tgan yili buyurtmalar ko’payib ketdi, lekin menga kerakli ishchilarni topa olmadim. O’zimiz ularni treningdan o’tkazyapmiz”, - deydi Andol.

Hozir globilazatsiya zamoni, kompaniyalar qayerda arzon bo’lsa o’sha yerga ko’chadi, deyishingiz mumkin. Biroq Mark Andol fikricha, qattiq mehnat qilsangiz orzuga erishsa bo’ladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG