Qizlar o’qishi kerak deya jonbozlik ko’rsatib, tolibon o’qidan qattiq jarohatlanib, uzoq vaqt Britaniyada davolanib, endilikda sal oyoqqa turib, faollikni davom ettirayotgan pokistonlik Malala Yusufzoy Bolalar Tinchlik Mukofoti bilan taqdirlandi.
16 yoshli qizga bu unvonni Gaagada yamanlik Nobel Tinchlik mukofoti laureati Tavakkal Karmon topshirdi.
Malala Yusufzoy hayajon ila qilgan nutqida ota-onalarga muroaat qilib, farzandlarini o’qitishga undadi. Qizlarga ham xuddi o’g’illaringizdek kelajagi porloq va qobil insonlar sifatida qarang, deydi u.
“Mening yurtimda, Pokistonda, terroristlar xalqni qo’rqitib, qizlarning maktabga borishiga to’sqinlik qiladi. Meni o’ldirmoqchi bo’lishdi. Lekin mendan oldin va keyin juda ko’plab bolalar ular qo’lida qurbon bo’ldi. Bu insonlarni hech kim bilmaydi. Ular sharafi uchun ham bolalar haqqini talab qilishda davom etishimiz shart. Butun dunyo bo’ylab, yosh avlod tinch va sog’lom yashashi, ilmli bo’lishi uchun sharoit yaratilishi kerak”,- dedi Malala Yusufzoy bugun Gaagada qilgan nutqida.