Malayziyaning 36 kun oldin bedarak ketgan samolyoti Hind okeanining janubiy, juda chuqur va insoniyatga deyarli noma’lum hududlarida yotgan bo’lishi mumkin, ammo uni topish uchun hali juda uzoq vaqt kerak. Masala bilan jiddiy shug’ullanayotgan Avstraliya hukumati shunday bayonot bilan chiqdi.
Bosh vazir Toni Abbot deydiki, suv tubidan signallar kelmoqda. Ular yo’qolgan samolyotning qora qutisiga yetaklashi mumkin.
Samolyotdagi yo’lovchilarning aksariyati xitoylar bo’lgan. Abbot Pekinga safar qilar ekan, asosan qidiruv xususida savolga tutildi.
“Sohildan minglab kilometr uzoqda, okean tubida kamida besh kilometr chuqurlikda nimalar yotganini bilish uchun hali ancha mehnat qilishimiz kerak”, - deydi u.
Samolyotda jami 239 odam bo’lgan. 8-mart kuni u Kuala Lumpurdan Pekinga yo’l olgan. Vyetnam osmonida g’oyib bo’lgan. Agar u haqiqatdan ham Hind okeani ustida qulab, suvga g’arq bo’lgan bo’lsa, bu qanday yuz berganini aniqlash eng mushkul vazifa, balki hech qachon ochilmaydigan sir.
Qora qutiga yetish ko’p narsani oshkor etadi, juda bo’lmasa, halokat haqiqatdan ham ro’y berganini tasdiqlaydi, deydi rasmiylar. Biror kimsa tirik qolganiga ishonch yo’q.