Breaking News

Otamboyev: AQSh "Manas"ni 2014-yilda bo'shatadi


Bishkek yaqinidagi "Manas" tranzit markazi
Bishkek yaqinidagi "Manas" tranzit markazi

Qirg'iziston Bosh vaziri Olmos Otamboyevning aytishicha, AQSh kuchlari ijaraga olgan "Manas" aviabazasini uch yildan so'ng bo'shatadi.

"2014-yilda ijara shartnomasi tugab, aerodrom noharbiy maqsadlar uchun moslashtirlishi kerak, harbiy baza yopiladi", - deydi Otamboyev.

Uning aytishicha, "Manas" faqat tranzit nuqtasiga aylantiriladi.

Qo'shma Shtatlar hozirda bu inshootni "tranzit markazi" deb ataydi va undan Afg'onistondagi harbiy harakatlar uchun askarlar va anjomlarni tashishda hamda harbiy samolyotlarni yonilg'i bilan ta'minlashda foydalanadi.

"Manas" bo'yicha ilk bitim 2001-yilda imzolanib, 2009-yilda yangilangan. Ijara haqi yiliga 60 million dollar.

Otamboyev bu haqda bir necha bor aytsa-da, AQSh hukumati munosabat bildirmagan.

Tahlilchilar nazarida tranzit markazi 2014-yilda ham yopilmasligi mumkin. Bishkekda keyingi rahbar kim bo'lishi hozircha noma'lum ekan, deydi ekspertlar, Otamboyevning yuqoridagi bayonotlariga jiddiy qarashmaydi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG