Breaking News

Astronavtlar: Marsdan avval oyga uchish kerak


Marsgami yoki oyga?
Iltimos, kuting...
Embed

No media source currently available

0:00 0:02:34 0:00

Prezident Barak Obama AQSh fazogirlarini Marsga uchishga undadi. U bu haqda 2010-yil aprelda ham gapirgan edi. Davlat rahbari NASAni xususiy kompaniyalar bilan hamkorlikda zarur texnik vositalarni yaratishga hamda 2030-yilgacha qizil sayyoraga odam jo'natishga chaqirdi. Ayrim olimlar ishni, avvalo, oyga chiqishdan boshlash kerak, demoqda.

Oyga qilingan so'nggi safardan yarim asr o'tib mutaxassislar endi Marsga uchish haqida o'ylanmoqda.

Ammo oyshunos Pol Spudis bu haqdagi rejalarga shubha bilan qaraydi.

"Natijasi 20-30 yildan keyin bo'ladigan har qanday narsa Kongressdan o'tmaydi. Chunki ular bunday uzoq vaqt bilan ishlashmaydi. 2-10 yilgacha bo'lgan loyihalarni ma'qullashi mumkin", - deydi u.

"Oyning qiymati" deb nomlangan kitobda Spudis nisbatan yaqin bo'lgan oyda qarorgoh qurishning ahamiyati haqida yozgan.

"Borishga uch kun va qaytishga uch kun ketadi", - deydi u.

Shuningdek, NASA oy qutblarida suv borligini aniqlagan.

"Energiya, materiallar bor. Oyda yashash va raketa yoqilg'isini tayyorlash mumkin", - deydi Spudis.

Quyoshdan olingan elektr toki yordamida suv molekulalarini ajratish mumkin.

"Suvdan vodorod va kislorodni ajratib olib, bu gazlarni suyuqlik sifatida muzlatib, undan eng kuchli kimyoviy yoqilg'i tayyorlash mumkin", - deydi mutaxassis.

Xyustondagi Rays universitetida yaqinda bo'lib o'tgan olimlar yig'inida sobiq NASA astronavti Leroy Chou ham oyga uchishni qo'llab-quvvatladi.

"Marsga uchadigan ilk jamoa yangi odamlar bo'lmagani yaxshi. Oyda tayyorgarlikdan o'tish mumkin", - deydi u.

Ammo oydan kimyoviy yoqilg'i bekati sifatida foydalanishga qarshilar ham bor.

"Agar Marsga kimyoviy yoqilg'i yordamida borishni o'ylayotgan bo'lsak, buning oxiri yo'q. Bizga yuqori tezlikdagi transport kerak", - deydi Maykl Lembek.

Pol Spudisga ko'ra, bu yoqilg'i sinovdan yaxshi o'tgan.

"Eng so'nggi tizimlar, masalan, plazma raketalari va yadro issiqlik dvigatellari bilan bog'liq muammo shundaki, ularni ishlatadigan texnologiya hali mavjud emas", - deydi Spudis.

Tadqiqotchiga ko'ra, oyda suv manbalarini topish kabi dastlabki ishlarni robotlar bajarishi mumkin.

Ammo bu ishlarni boshlash uchun AQSh hamda boshqa davlat yoki xususiy kompaniyalar mablag' ajratishi zarur.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG