Breaking News

AQSh marsoxodi Qizil sayyoraga qo'ndi


AQSh Fazo agentligiga qarashli marsoxod 7 oyda salkam yarim milliard kilometr yo’l bosib, Mars sayyorasiga qo’nishga muvaffaq bo’ldi. Apparat Qizil sayyorada hayot izlarini qidirish bilan shug’ullanadi.

Xalqaro hayot – 19-fevral, 2021-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:07:43 0:00

“Mars atmosferasiga kirish oson va xavfsiz emas edi, chunki atmosfera o’ta yupqadir – Yer atmosferasining 1 foiziga teng. Bunday sharoitda apparat tezligi katta bo’lib, tezlikni sekinlashtirish uchun atmosfera yetarlicha qalin emas. Apparatni qo’ndirish oson bo’lmadi”, - deydi NASA olimi Lori Greyz.

NASA marsoxodni Ezero krateriga qo’ndirishga harakat qildi. Olimlar nazarida, kraterda bir vaqtlar hayot uchun zarur suv bo’lgan.

“Persevirens” NASAning eng yirik marsoxodi bo’lib, Qizil sayyorani kichik hamjdagi vertolyoti bilan kezadi, jismlar to’playdi, olimlar esa ushbu jismlar asosida “Marsda hayot bo’lganmi?” degan savolga javob berishga harakat qiladi.

“Apparat to’plab qo’ygan namunalarni 2030-yilgacha Yerga olib kelamiz. Shunda Yerdan Marsga ilk bor borib kelgan bo’lamiz”, - deydi NASA Ilmiy missiyasi boshqarmasidan Tomas Zurbuken.

“Persevirens” Marsda ikki yil izlanish olib boradi, krater o’rnida bir paytlar ko’l bo’lgan joyni obdon tekshiradi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG