Mumtoz adabiyotda kichik dostonlar, shuningdek baytdan-baytga qofiyasi yangilanib boradigan she’riy shakl masnaviy deb yuritiladi. Afg’on bolalarini kitob o’qishga qiziqtirish maqsadida masnaviy janridagi dostonlar turkchadan dari va pashtu tillariga o’girilib va cho’ntakbob narxda kutubxonalarga tarqatilmoqda.
Olti yoshli Muzorat Jahongir maktabda o’qimagan lekin ko’p dostonlarni yoddan biladi. Buvisidan eshitib o’rganganlarini tengdoshlariga aytib beradi.
“Buvim menga o’qib beradi. Men dugonalarimga aytib beraman”, - deydi Muzorat.
“Qadimgi dostonlar og’izdan-ogizga, buvijonlardan nabiralariga o’tib hozirgacha yetib keldan. Ammo bu an’ana hozir so’ngan payt. Lekin bolalar hali ham ertak-dostonlar eshitishni yaxshi ko’radi”, - deydi bolalar yozuvchisi Ajmal Torman:
Kobul nashriyoti 50 dan ortiq bolalar adabiyotini turk tilidan tarjima qildirdi. Maqsad - afg’on bolalari kitob mutolaa qilsin, o’qishni o’rgansin.
Bu ishlarga Suhrob Umar bosh-qosh.
“Bolalarda kitobga qiziqish uyg’onsin deymiz. Bu ularning o’z kelajagi uchun foyda”, - deydi u.
Masnaviy to’plamidagi xalq og’zaki ijodidan namunalar, o’quv materiallari matn yoki fotosuratlar tarzida berilgan.
Facebook Forum