Breaking News

AQSh davlat idoralari xakerlar hujumiga uchradi


To'rt millionga yaqin sobiq va amaldagi federal xodimlarga taalliqli ma'lumot haqida gap ketayapti. Uzoq yillardan beri hukumatga qilingan eng yirik kiber-xuruj bu, deydi rasmiylar.
To'rt millionga yaqin sobiq va amaldagi federal xodimlarga taalliqli ma'lumot haqida gap ketayapti. Uzoq yillardan beri hukumatga qilingan eng yirik kiber-xuruj bu, deydi rasmiylar.

AQSh rasmiylarining aytishicha, Xitoydagi xakerlar Amerika davlat agentliklariga kiber-hamla uyushtirib, millionlab davlat ishchilariga doir maxfiy ma'lumotni o'g'irlagan.

To'rt millionga yaqin sobiq va amaldagi federal xodimlarga taalliqli ma'lumot haqida gap ketayapti. Uzoq yillardan beri hukumatga qilingan eng yirik kiber-xuruj bu, deydi rasmiylar.

Huquq-tartibot idoralarining bildirishicha, Xitoydagi xakerlarning ishi bu. Ular Xitoy hukumatining ko'rsatmasi bilan ish tutgani bo'lishi mumkin.

Xitoy Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Xon Li ayblovlarni asossiz deya rad etadi. Bu xildagi hujumlar qayerdan kelayotganini aniq aytish mumkin emas, deydi u.

Federal agentliklarga avval ham hamla qilingan. Bunda, xususan, Shimoliy Koreya, Rossiya va Xitoydan turib ishlagan xakerlar gumon qilingan edi. Oq uy va Davlat departamentidagi kompyuterlar, Amerika Markaziy qo'mondonligining Twitter va YouTube sahifalari ham ziyon ko'rgani ma'lum. AQSh Soliq idorasi o'tgan oy xakerlar 100 mingdan ziyod soliq to'lovchining ma'lumotini o'marganini ma'lum qilgan edi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG