Breaking News

Respublikachilarning Senatdagi sardori Bayden g'alabasini tan oldi


Senatda ko'pchilik sardori Mitch Makkonel
Senatda ko'pchilik sardori Mitch Makkonel

Saylovchilar kollegiyasi ham aksariyat amerikaliklar kabi Jo Baydenni prezidentlikka saylashi ketidan respublikachilarning noyabr boshidan beri sukut saqlab kelgan Senatdagi sardori Mitch Makkonel Bayden va vitse-prezidentlikka saylangan Kamala Harrisni g’alaba bilan tabrikladi.

Xalqaro hayot – 16-dekabr, 2020-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:09:53 0:00

"Davlat tizimimizda 20-yanvar kuni kim qasamyod keltirishini aniqlash jarayoni mavjud. Saylovchilar kollegiyasi o’z so’zini aytdi”, - dedi Makkonel.

Biroq Prezident Donald Tramp mag’lubiyatini tan olishdan bosh tortib kelmoqda.

“Prezident saylovga doir sud da’volari bilan band”, - dedi Oq uy matbuot kotibasi Kayli Makenani.

Tramp nazarida saylovda ovozlar soxtalashtirilgan.

Bayden uning bu pozitsiyasini tanqidga olib, demokratiyaga misli ko’rilmagan hujum deb atadi.

“Bunday keskin pozitsiyani oldin ko’rmaganmiz. Bu xalq irodasi, qonun ustuvorligi, Konstitutsiyaga hurmatni inkor etuvchi pozitsiya”, - dedi Bayden.

Dam olish kunlari Tramp tarafdorlari poytaxt Vashingtonda namoyish qildi.

“Biz qoloq mamlakat emasmiz. Saylov tizimini to’g’rilash kerak”, - deydi ulardan biri.

Qonunga ko’ra Kongress saylov natijalarini tasdiqlashi lozim. Biroq 6-yanvar kuni bo’ladigan ushbu jarayonda Vakillar palatasidagi respublikachi qonunchilar Trampni g’olib deb e’lon qilmoqchi. Tahlilchilar buni ramziy harakat deya ko’rmoqda.

“Bu saylov natijasini o’zgartirishga so’nggi harakatdir. Respublikachilar partiyasi a’zolari Tramp va Tramp g’oyalariga sadoqatini namoyish etmoqchi”, - deydi Chikago universiteti professori Uilyam Xovel.

Tramp va uning tarafdorlari sudlarga ovozlar soxtalashtirilganiga doir 60 ta shikoyat yo’llagan. Barcha da’volar asossiz deb topildi.

“Saylovga mas’ul har bir shtat mutasaddisi ham, Adliya vaziri Uilyam Barr ham bu da’volarni qabul qilmadi”, - deydi Chikago universitetining yana bir olimi Aziz Haq.

Vazir Barr aylovda ommaviy firibgarlik bo’lmagan deyishi ketidan lavozimidan ozod etildi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG