Breaking News

O'tgan yili dunyo bo'ylab 80 jurnalist halok bo'ldi


Qahramon jurnalistlarni xotirlab...
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:04:05 0:00

Qahramon jurnalistlarni xotirlab...

Har yili dunyoning eng xavfli hududlaridan reportaj tayyorlash jarayonida o’nlab jurnalistlar halok bo’ladi. O’tgan yili nobud bo’lgan 80 jurnalistning 14 nafari xotirasiga bag’ishlab Vashingtondagi axborot muzeyi - “Newseum” da maxsus tabdir o’tkazildi.

O'tgan yili 80 jurnalist halok bo'ldi - Navbahor Imamova
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:05 0:00

Muzey oldida har kuni jahon gazetalarining bosh sahifalari namoyishda turadi. Bu safar ularning o’rniga “Yangiliksiz” degan mavzuda ko’rgazma tashkil etilib, unda 14 jurnalist taqdiri haqida axborot berildi. Ularning ism-shariflari jurnalistlar memorialiga qo’shildi.

“Associated Press” axborot agentligi muxbiri Keti Gannon bu yerda ekanidan minnatdor. “Qancha hamkasblarimiz va do’stlarimiz biz bilan emas, biz hayot yurganimiz mo’jiza”, deydi jurnalist.

Gannon Afg’onistondagi saylovlarni yoritayotganida o’q yeb, jarohatlangan. Politsiyachi o’t ochganida Gannon hamkasbi, nufuzli “Pulitser” mukofoti sovdindori, fotomuxbir Anya Nidringxaus o’sha zahotiyoq jon bergan.

Gannon 15 marta jarrohlik operatsiyasini boshdan kechirdi va kamida yana bir marta operatsiya qilinishi kerak. Ammo u yana mojaro hududiga qaytmoqchi.

“Men xabar berishda davom etaman. Yoritishga mavzu ko’p. Afg’oniston va Pokistonda qaytaman,” - dedi Gannon.

“Newseum” muzeyi xodimi Jin Polisinski bu odamlarsiz halokat va nizolar yuz berayotgan joydan xabar ololmasdik, deydi.

“Balki mutlaqo bilmagan bo’lar edik. Sifatli va puxta tayyorlangan reportajlar beradi bu jurnalistlar. Tabiiy ofat, mojaro yoki, masalan, ebola haqida eshitishimiz mumkin, lekin u yerdagi insonlar azoblari haqida faqat jurnalistlar hikoya qila oladi,” - deydi u.

Ko’plab jurnalistlar mustaqil ravishda axborot vositalari bilan hamkorlik qilgan. Yirik media kompaniyalar va agentliklar xarajatni ayab, muxbirlarni shtatsiz ishga yollaydi.

Shunday mustaqil jurnalistlar orasida Jeyms Foli va Stiven Sotloff bor edi. Ikkovini “Islomiy davlat” jangarilari Suriyada qatl etdi. Sotloffning onasi asir o’g’lidan olgan maktub haqida gapiradi.

“Har bir inson ikki marta yashaydi. Ikkinchi umri birinchisini anglab yetganda boshlanar ekan… 13 oy asirlikda bo’lgan o’g’lim mana shu so’zlarni yozib qoldirgan. U boshqa uyga qaytmasligini tushungan. Birinchi umrini to’liq yashagani va u oxiriga yetayotganini bilgan. Ikkinchi umri haqida yozar ekan, bizni qayg’urmay, ekinlikligimizni asrashga undadi,” - deydi Shirli Sotloff.

Bu jurnalistlarning 11 nafari Ukrainada halok bo’lgan. Ular orasida Kiyevda chiqadigan “Vesti” gazetasi muxbiri Vyacheslav Veremiy bor.

Ukraina televideniyesiga tegishli mana bu videoda unga bir guruh qurollangan va niqob taqqan kishilar hujum qilganini ko’rish mumkin. Jurnalist ularni Kiyev markazida o’z avtomashinasidan videoga olgan edi.

Jurnalistlar memorialida 2271 muxbirning nomi bitilgan. Xizmat paytida o’ldirilgan jurnalistlar. Bu ro’yxat tarixi 1837-yilga borib taqaladi.

Newseum
Newseum

Newseum
Newseum

Newseum
Newseum

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG