Breaking News

2013-yilda halok bo’lgan jurnalistlarni xotirlab…


Vashingtondagi “Newseum” axborot muzeyining xotira burchagida o’z ishini bajarayotib halok bo’lgan jurnalistlarning ism-sharifi muhrlangan. Marhumlar orasida “Amerika Ovozi” ning Qirg’izistondagi muxbiri Alisher Soipov ham bor.
2013-yilda halok bo’lgan jurnalistlarni xotirlab…/Shohruh Hamro
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:11 0:00
Yuklab oling

“Newseum” ning xotira devorida 1837-yildan 2013-yilga qadar halok bo’lgan 2,200 dan ortiq muxbirning suratini ko’rish mumkin. Bu ro’yxatga yana 10 kishining ismi qo’shildi.

Muzey xodimi Jin Polisinskiyning aytishicha, bu axborot yig’ish yo’lida jurnalistlar yuzlashayotgan xavf-xatarni aks ettiradi.

“Filippinda halok bo’lgan radio boshlovchi hamda Rossiyada qattiq kaltaklanib besh yildan so’ng jon bergan muxbirning ismlari bor. Yana qancha-qancha dovyurak insonlarning ism-sharifi bizga ma’lum emas. Lekin ular ham bu devordan joy olishga loyiq”, - deydi u.

Ketlin Kerrol – “Associated Press” agentligi vitse-prezidenti:

“Ular olgan suratlar kimgadir yoqmagan, tushirgan tasvirlar kimgadir xush kelmagan. Dadil savol berishga jur’at etgani yoki tanqidiy maqola yozgani uchun nishonga olingan”.

Jurnalist dunyoning qaysi bir burchagida faoliyat yuritmasin, deydi u, kasbning mohiyati o’zgarmaydi – voqealarni yoritish, maxfiylik pardasini ochish.

Britaniyaning “Sky News” telekanalida operator bo’lib ishlagan Mik Din Misrda o’qqa tutilgan. U sobiq prezident Muhammad Mursiy tarafdorlari va xavfsizlik kuchlari o’rtasidagi to’qnashuvlarni yoritayotgan bo’lgan.

Oila a’zolari uni xotirlab “Newseum” ga kelishdi.

“Otamdan faxrlanamiz. Ana shunday marosimlar uning ishlarini bizga eslatib turadi. Devordagi har bir muxbirning yaqinlari ulardan faxrlansa arziydi”, - deydi marhumning o’g’li Patrik.

2013-yilda halok bo’lganlar orasida Jisleyn Dupont va Klod Verlon ham bor. Malida isyonchilar yetakchisidan intervyu olgach, ularning o’ligi topilgan. Rodrigo Neto Braziliyada korrupsiya hollarini tekshirgani uchun, Filippindan Fernando Solijon esa tanqidiy maqolalari uchun otib ketilgan. Ularni yodda tutishimiz kerak, deydi Jin Polisinskiy.

“Jahon bo’ylab har kuni jurnalistlar bizga axborot yetkazish uchun o’z hayotini xavf ostiga qo’yadi. Xotira burchagini tashkil qilganimizdan maqsad - ularni bir zum bo’lsa ham to’xtab yodga olish, bu sohaning qanchalik xatarli ekanini esdan chiqarmaslik”.

Muzey ma’muriyatiga ko’ra, ro’yxatga qo’shilgan ismlar professional faoliyatini ado etayotib halok bo’lgan barcha jurnalistlar xotirasiga bag’ishlanadi. Huquq tashkilotlari hisobicha, 2013-yilda dunyo bo’ylab 77 muxbir o’ldirilgan, yana yuzlab nafari qamoqqa olingan.
Jurnalistlarni xotirlab... Fallen journalists - Newseum
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:52 0:00
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG