Breaking News

AQShda may oyining oxirgi dushanbasi Xotira kuni


Xotira kuni - Amerikada may oyining oxirgi dushanbasi. Bu kun Amerikaning barcha urushlarida, harbiy xizmatda halok bo’lgan ayol va erkaklar yodga olinadi.

​1968-yilda federal bayramlar qatoriga kiritilgan bayram, Ikkinchi jahon urushiga qadar boshqacha nomlangan – Bezash kuni deb. Shu kun Amerika fuqarolar urushida halok bo’lgan askarlar qabristonini obod qilish, gullar bilan bezash keng tus olgan.

Keyinchalik Amerika tarixidagi boshqa urush va harbiy xizmat paytida nobud bo’lganlar, jumladan ayol askarlarni ham xotirlash an'anaga aylangan.

Vashingtondagi yodgorliklar
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:21 0:00

Xotira kunida amerikaliklar nafaqat qabriston, yodgorliklarni ziyorat qiladi, paradlar uyushtiradi, shuningdek oila davrasida, sport musobaqalari, sayillar bilan o’tkazadi. Xotira kunidan so’ng Amerikada rasman yoz boshlanadi.

Vashingtondagi Ikkinchi Jahon urushi yodgorligi 2004-yilda ochilgan, Vashingtondagi yangi yodgorliklardan. O’ziga xosligi, boshqa ko'plab majmualarda askarlar qiyofasi aks etgan bo'lsa, bu maydon bronza panellar va granit ustunlardan iborat. Ular urush yillarini va mamlakat birdamligini aks ettiradi. 400 mingdan ortiq amerikalik xotirasiga tilla yulduzchalar qadalgan.

Vyetnam urushiga Amerika tarixida alohida e’tibor qaratiladi. 1982-yil bunyod etilgan majmuada urushda halok bo’lgan 58 ming amerikalik nomi qora toshga o'yib yozilgan. Yodgorlik faqatgina devordan iborat ekani ko’plab tortishuvlarga sabab bo’lgan.

Koreya urushi veteranlari yodgorligi 1995-yilda ochilgan. Koreya sholi dalalarini esga soluvchi maydonga 19 nafar askarning haykali o'rnatilgan. Ularning har biriga askarlar ismi yozilgan.

Shuningdek Vashingtonda dengiz va havo kuchlariga bag’ishlangan yodgorliklar ham bor.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG