Breaking News

Xotira – bebaho ne’mat


Alan Arnett va uning safdoshlari tog' cho'qqisida
Alan Arnett va uning safdoshlari tog' cho'qqisida

Altsgeymer – insonni aqliy qobiliyatdan ayiruvchi kasallik. U ayniqsa xotirani yemiradi. Amerikada keng tarqalgan.

2007-yilda onasida bu xastalik aniqlanganida, Alan Arnett ishdan bo’shab uyga o’tirishga ahd qilgan edi. Volidasi vafot etdi-yu, uning o’ziga kelishi qiyin bo’ldi.

Xotira – bebaho ne’mat
Xotira – bebaho ne’mat

Bu kasallik davosi uchun mablag’ to’plash va ommani ogoh qilish maqsadida bu amerikalik har yetti qit’adagi eng baland cho’qqilarni zabt etishga qo’l urdi.

Alan boshlagan tashabbus “Yetti qit’ani zabt eting” deb nomlanadi. O’tgan yilning noyabrida 55 yoshida u Himolay tog’iga chiqib-tushdi. Azaliy orzusiga yetdi: dunyodagi eng baland Jomolungmani zabt etdi.

“O’zim bilan telefonimni olgandim. Blogimda nima qilganim, qaysi cho’qqiga chiqqanimni batafsil yozib bordim. Har kuni alohida hikoya, rasm va videoni joylar edim”, - deydi u.

Har bir tog’ni zabt etgan kunini Alan og’ir dardning qaysidir jihatiga bag’ishladi.

“Masalan, Antarktikaga safarimni kasalning boshlanishi bilan bog’ladim. Yaxshi do’stim 52 yoshida og’rib qoldi, keyin bilsak, Altsgeymer ekan. Jomolungma cho’qqisini, tabiiyki, onam Aydaga bag’ishladim, jamiki onayi zorlarlarga bag’ishladim”, - deydi u.

Alan Arnett
Alan Arnett

Alan bu savob ish natijasida uch nodavlat tashkilot uchun pul jamg’arishni ham uddaladi.

Bu tashkilotlar Altsgeymer borasida izlanish, kasallarni va ularning oila a’zolarini qo’llab-quvvatlash bilan shug’ullanadi.

Altsgeymer tez rivojlanib boradigan, odamning miya hujayralarini zararlab, oqibatda xotirani yemirib, fikrlash, boshqalar bilan muloqot qilib, kundalik yumushlarni bajarish salohiyatidan ayiradi.

Qo’shma Shtatlarda qariyb 5,4 million odam undan azob chekadi. Dardning davosi topilmaganicha yo’q, biroq oilalar umidvor.

Alan Arnettning maqsadi ham shu, odamlarga hamdard bo’lish, orzusi ushalishiga ishontirish.

Xotira – bebaho ne’mat
Xotira – bebaho ne’mat

“13 million kishining e’tiborini jalb qila oldik. Umidsizlikka berilmaslik kerak, degan gapimiz tobora ko’proq odamga yetib bormoqda. Har bir daqiqada bir inson Altsgeymerga duchor bo’ladi. Bu dard oilalar uchun zarba, ham ruhiy, ham moddiy jihatdan. Men ularni sukutdagi qurbonlar, deyman”, - deydi faol.

Yetti cho’qqidan hatlab o’tgan Alan bundan keyin ham kurashni davom ettirmoqchi. Ruhiy va moddiy ko’mak ulashishda davom etmoqchi. Bitta-bitta qadam bosib, bitta-bitta tog’ni kezib…

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG