Breaking News

Meksikaning ko’cha bozorlari karantindan zarar ko’rmoqda


Meksikadagi ko'cha bozori
Meksikadagi ko'cha bozori

Meksikada ko’p odam “tiangis” deb nomlanuvchi ko’cha bozorlarida mahsulot xarid qiladi. Hukumat koronavirus pandemiyasi sabab bozorlarni yopmagan bo’lsa-da, kasallik yuqtirishdan qo’rqqan odamlar ko’chaga kam chiqa boshlagan. Bu esa ko’cha bozorlarini huvillatib, savdogab va savdogarlarning kundalik daromadiga salbiy ta’sir qilishi shubhasiz.

49 yashar Susana Ruis Torres o’zidan 13 yosh katta eri Xoakin Agirreni 26 yil oldin “tiangis”larning birida uchratib qolgan.

Bozorda ularga qizlari Viktoriya va uch nabirasi yordam beradi. Ular poytaxt Mexikoning uch nuqtasida, asosan, sabzavotlar sotib kun kechirishadi.

Maktablarning yopilgani oilaga qo’l keldi. Nabiralar buvisi va buvasining ishini oson qilmoqda.

Susananing na omonat daftarchasi, na g’amlab qo’ygan puli bor. Oila bozordagi kundalik daromad hisobiga yashaydi.

Karantinning birinchi ikki haftasida xaridor kamida 30 foizga kamayganiga qaramay, bozordagi savdogarlar zarariga ishlayotgani yo’q.

Hukumat aholini uyda o’tirishga majburlayotgani yo’q, hozircha faqat tavsiyalar yangramoqda. Biroq chora majburiy bo’lsa, Susana davlat yordamisiz qiyin ahvolda qolishini aytadi.

“Karantin deyish oson. Ammo odamlar nima hisobiga kun kechirishmoqchi? Menku ishga chiqaveraman. Boshqalarchi?” – deydi Susana.

Ayrim xaridorlar bozorga odatdagidan kechroq kelmoqda. Yuziga maska taqqanlar ham bor. Koronavirus qariyalar uchun xavfliroq ekani ma’lum bo’lsa-da, bozorda yoshi ulug’larni ham ko’rsa bo’ladi.

Odatda hafta so’nggida bu yerda 600 dan ortiq savdo rastasini ko’rish mumkin, lekin o’tgan hafta 400 tasi savdo qilgan, xolos. Har bir rastada 2-3 kishi ishlaydi, bir kunda o’rtacha 10 minggacha odam bozor qilishga chiqadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG