Breaking News

Barak Obama va Hillari Klinton - eng ardoqlangan amerikaliklar


"Gallup" tadqiqot markazi olib borgan so'rovlar natijasiga ko'ra, Hillari Klinton 15 yildan beri eng sevimli amerikalik ayol bo'lib qolmoqda, Prezident Barak Obama esa eng sevimli erkak.

Germaniya rahbari Angela Merkel, amerikalik tele-yulduzlar Opra Uinfri va Ellen Dejeneres, Britaniya monarxi Yelizaveta, bolalar huquqlari kurashchisi Malala Yusufsoy, sobiq davlat kotibi Kondoliza Rays, demokrat senator Elizabet Uorren ham eng ardoqlangan ayol arboblar qatorida.

Eng sevimli erkak esa Prezident Barak Obama. Bu nomga yaqin ko'rilganlar orasida prezidentlikka saylangan Donald Tramp ham bor, shuningdek, Amerikaning sobiq prezidentlari. Qolganlar ichida eng ko'zga ko'ringanlari - Rim papasi Fransisk, demokrat senator Berni Sanders, Isroil rahbari Benyamin Netanyahu, Tibet rahnamosi Dalay Lama va bo'lajak vitse-prezident Mayk Pens.

Amerikaliklar bu insonlarni aqli, tirishqoqligi, vatanga sadoqati, uddaburoligi, talabchanligi, jasurligi va insoniyligi uchun hurmat qilishini aytgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG