Breaking News

Maykl Andersen: "O'zbekiston diktatorining qo'li har yerga yetadi"


Maykl Andersen, daniyalik jurnalist, O'zbekiston haqida avval ham hujjatli filmlar ishlagan
Maykl Andersen, daniyalik jurnalist, O'zbekiston haqida avval ham hujjatli filmlar ishlagan
Qatarda asoslangan Al-Jazira telekanali Shvetsiyada suiqasdga uchragan taniqli imom Obidxon qori Nazarov haqida olingan “Diktatorning uzun qo’li” (The Long Arm of the Dictator) hujjatli filmini namoyish etdi.
Asar muallifi daniyalik jurnalist Maykl Andersen (Michael Andersen -
film) deydiki, diktatura rejimlari bugun biror qarshiliksiz Yevropada ham o’z raqiblarini yo’qotishi mumkin. Yevropa davlatlari esa bunga qarshi chora ko’rishni istamayapti. Obidxon qori Nazarovning hayotiga uyushtirilgan suiqasd Toshkent rejimining buyurtmasi ekaniga shubha yo’q, deydi daniyalik jurnalist.

Maykl Andersen - Obidxon Nazarov haqida yangi film - Malik Mansur
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:05:15 0:00
Yuklab oling

"Diktatorning uzun qo'li" Al Jazira xalqaro telekanalida bir necha bor efirga uzatildi
"Diktatorning uzun qo'li" Al Jazira xalqaro telekanalida bir necha bor efirga uzatildi
Andersen tahlilicha, O’zbekiston hukumati muxolifatchilarni nafaqat mamlakatda, balki xorijda ham nishonga olish qudratiga ega.

“Bugun Islom Karimov kabi diktatorlar o’z dushmanlarini bemalol Yevropada ham o’ldirishi mumkin. Yevropa davlatlari esa bunga qarshi biror chora ko’rish niyatida emaslar. O’z tekshiruvlarim asosida shunday xulosaga keldim. Qanchalik achchiq bo’lmasin, bu haqiqat. Obidxon qori Nazarovga uyushtirilgan suiqasd Toskent buyurtmasiga ko’ra amalga oshirilganiga hech kim, shu jumladan, Shvetsiya prokuraturasi ham shubha qilmaydi. Bi jinoyat faqat siyosiy motivlar bilan izohlanadi”, - deydi jurnalist.

Obidxon Nazarov Shvetsiyada otib ketilganidan buyon ikki yildirki komada qolmoqda. Tergovda yollanma qotilning O’zbekiston fuqarosi Yuriy Jirkov ekanligi aniqlangan. Shvetsiya sudi Jirkovga ko’maklashganlikda gumon qilib, ikki o’zbekistonlikni ushlagan, ammo dalil-isbot yetarli emas deya hibsdan ozod etgan. Yuriy Jirkov Rossiyada qo'lga tushgani haqida ham ma’lumot bor. Turli rasmiy sabablar bilan tergov hozircha to’xtagan.

“Bu boradagi hozirgi vaziyat shunday: janob Putin qotilni Shvetsiyaga topshirish haqida qaror qabul qilmaguncha, shved prokuraturasi hech narsa qila olmaydi”, - deydi Mayl Andersen.

“Diktatorning uzun qo’li” deb nomlangan 25 daqiqalik filmda Obidxon qori Nazarov O’zbekistonda ko’plab tarafdor va muxlislarga ega bo’lgani haqida ham hikoya qiladi. Qudratli ulamolardan biri sanalgan qori maxsus xizmatlar tazyiqi bois 2000-yilda mamlakatdan chiqib ketgan. Bir necha yil Qozog’istonda yashab, BMT yordamida 2006-yilda Shvetsiyadan boshpana olgan.

Obidxon qori Nazarov yashagan shahar, Shvetsiya
Obidxon qori Nazarov yashagan shahar, Shvetsiya
Obidxon qori vatanda diniy ekstremistik guruhlarga yetakchilik qilganlikda aybdor deb topilgan. Mamlakatda kuzatilgan bir nechta portlash, jumladan Toshkent shahar imom xatibi Anvar qori Tursunovga uyushtrilgan suiqasdda ham Obidxon qorining safdoshlari ayblangan.

Maykl Andersen deydiki, uning hujjatli filmidan maqsad Obidxon qorining diniy qarashlarini o’rganish emas, balki diktatorlar o’z dushmanlarini yo’qotish uchun har qanday amaliyotga tayyor ekanligini ko’rsatishdir.

“Men Obidxon Nazarov bilan shaxsan uchrashmaganman, ammo uning nafaqat O’zbekiston, balki tashqaridagi o’zbeklar orasida ham mashhurligini bilaman. Bu boradagi turli munozaralardan ham xabardorman. Obidxon Nazarov Karimovga qarshiligi, uning tanqidchisi bo’lgani uchun ham suiqasdga uchradi, uning taqdiri bunga yaqqol misol. Film G’arb jamoatchiligini O’zbekistondagi rejim qanday ishlashidan xabardor qiladi. Bu suiqasd janob Karimov Yevropada, bizning uyimizda ham bemalol qotillik sodir eta olishini ko’rsatdi, men fokusni asosan shunga qaratdim”, - deydi Andersen.

Obidxon qori Nazarov O'zbekistondan 2000-yilda chiqib ketgan
Obidxon qori Nazarov O'zbekistondan 2000-yilda chiqib ketgan
Filmda O’shda otib ketilgan jurnalist Alisher Soipov, O’zbekiston Xalq Harakatining Rossiyada o’ldirilgan faoli Fuad Rustamxo’jayevlar ham eslanadi. Maykl Andersen bu qotilliklar va Obidxon qoriga uyushtrilgan suiqasd o’rtasida uzviy bog’liqlik ko’radi.

“Men Alisherni yaxshi tanirdim, O’shda hamkorlikda ishlaganmiz. U Karimov rejimining ashaddiy tanqidchilaridan edi, keyin uni o’ldirishdi. Rustamxo’jayev ham tanqidiy chiqishlari bilan tanilgan, Rossiyada O’zbekiston Xalq Harakati bo’limini ochish harakatida yurgan edi. Karimov rejimi qanday ishlashidan xabardor odamlar, bu qotilliklarning uzviy bog'liqligiga shubha qilishmasa kerak”, - deydi Andersen.

Toshkentda qorini tinglashga minglab odamlar yig'ilar edi
Toshkentda qorini tinglashga minglab odamlar yig'ilar edi
  • 16x9 Image

    Malik Mansur

    Malik Mansur Toshkent Davlat Universitetini (hozirda O'zbekiston Milliy Universiteti) bitirgan. Professional jurnalist. Bu sohada 1990-yilardan beri ishlab keladi. O'zbekistonda qator nashrlarda faoliyat yuritgan. "Amerika Ovozi bilan 2002-yildan buyon hamkorlik qilib keladi. Vatandagi siyosat, iqtisod va ijtimoiy hayotni yoritadi.
     

XS
SM
MD
LG