Breaking News

Tramp: Muhojirlar karvoni yaqinlashmoqda, chegarani yopamiz


Muhojirlar karvoni AQShga yaqinlashmoqda
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:32 0:00

Markaziy Amerika davlatlaridan muhojirlar karvoni AQShga yaqinlashar ekan, Prezident Donald Tramp chegarani yopmoqchi. Odamlar uylariga qaytsin, noqonuniy migrantlar uchun darvoza yopiq, deydi u.

Tramp bu odamlarni o’z hududidan o’tkazayotgan davlatlarga moliyaviy yordamni kesishi haqida ham ogohlantirgan. Hisoblarga ko'ra, karvonda 7000 dan oshiq odam bor.

Meksika hukumati o’tgan hafta Gvatemala bilan chegaradagi ko’prikda muhojirlar karvonini to’xtatishga harakat qildi. Ammo ko’pchilik Suchiate daryosini o’zi yoki qayiqlarda suzib o’tib, yo’lida davom etdi.

“Xavfli bo’lsa ham suzib o’tdik, chunki vatanimiz Gondurasda bizga yaxshi hayot yo’q”, - deydi Maykol.

Tramp Meksika ko’rgan chorani olqishlamoqda.

“Meksikaga karvonni to’sgani uchun rahmat. Meksika AQSh rahbariyatini hurmat qiladi”, - deydi prezident.

Tramp ma’muriyatini AQSh-Meksika chegarasida migrantlarga qo’pol munosabati uchun tanqid qilishadi. Sobiq vitse-prezident Jo Bayden Nevada shtatidagi yig’inda bu mavzuni ko’tardi.

“Nimalar bo’layapti Amerikada? Bolalarni onasi qo’lidan tortib olayapmiz. Qanday davlatga aylanib qoldik?” - deb so’raydi Bayden.

Turli shtatlarni aylanayotgan Prezident Tramp demokratlarni AQShga jinoyatchilarni taklif etayotganlikda aybladi.

“Demokratik partiya millionlab noqonuniy ajnabiylarni qonunlarimizni buzishga, chegaramizni kesib o’tishga undayapti”, - deydi u.

6-noyabrda bo’ladigan Kongress saylovlarida immigratsiya muhim mavzu. Agar Meksika migrantlarni to’xtata olmasa, deydi Tramp, yordamni kesamiz, chegarani yopamiz.

“Ular kirib kelishidan oldin chegara yopiladi. Harbiylarni jo’natamiz chegara hududga”, - deydi AQSh rahbari.

Gvatemala va Gonduras prezidentlari o’z fuqarolarini uyga qaytishga undamoqda.

“Gonduras fuqarolarini qabul qiladigan guruh tuzganmiz. Har bir fuqaro nima istashiga qarab, ularga imkoniyatlar taklif etamiz”, - deydi Gonduras Prezidenti Huan Orlando Hernandez.

Ayrimlar karvonni tark etib, vataniga qaytgan.

“Hozir Gonduras bilan birga raqamlarni solishtirib ko’rayapmiz. Taxminan ikki ming odam uyiga qaytgan. Keyinroq aniq raqamni sizlarga beramiz”, - deydi Gvatemala rahbari Jimmi Morales.

Aksar muhojirlar og’ir hayotdan, jinoiy to’dalardan qochganini aytadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG