Breaking News

Markaziy amerikalik migrantlar: AQShgacha yana 2500 km bor


Markaziy Amerika mamlakatlaridan AQSh tomon yo’l olgan migrantlar manzilga yetganicha yo’q hali. Ayrimlari ortga qaytgan, yana ba’zilari Meksikada qolishni afzal ko’rgan.

Ayni damda asosiy guruh Meksikaning Irapuato shahriga yetgan. Tunni esa 100 kilometr naridagi Keretaro shahrida o’tkazgan. Keretaro ma’muriyatiga ko’ra, guruh tarkibida 6531 odam bo’lgan, shulardan 5771 nafari yakshanba kuni shaharni tark etgan.

“Orzuim Amerikaga yetish. Shunda oilamizga yordam berishga imkonimiz bo’ladi”, - deydi gonduraslik bir migrant.

Qashshoqlik, nochorlik, siyosiy beqarorlik, jinoyatchilikdan qochayotgan bu odamlar AQSh chegarasiga yetishi uchun yana 2500 kilometrdan ko’p masofani bosib o’tishi kerak.

Kuzatuvchilarga ko’ra, ular Kaliforniya shtatining San-Diyego shahri bilan chegaradosh Meksikaning Tixuana shahriga qarab ketmoqda. Ular, asosan, Gonduras, Gvatemala, Salvador va Nikaragua fuqarolari.

AQSh Prezidenti Donald Tramp ularni kiritmaymiz, deya 5000 dan ziyod askarni chegaraga safarbar etgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG