Breaking News

Oq uyga kim kelishini bu safar yoshlar hal qilishi mumkin


AQShda yosh saylovchilar faollashmoqda
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:08 0:00

Amerikada prezidentlik saylovi bo'lib o'tishiga to'rt oy vaqt qoldi. Saylov taqdirini ming yillik farzandlari deya atalayotganlar - 18 dan 35 yoshgacha bo'lgan fuqarolar - hal qilishi mumkinligi haqida ko'p gapirilmoqda. Chunki yoshlar orasida siyosiy faollik kuchaygan.

Vermontlik 70 yoshli senator Berni Sandersni shuncha yosh qo'llab-quvvatlashini ko'pchilik kutmagan edi. Bu safar ovoz berishga 2008-yil Obama saylangan paytga qaraganda yanada ko'proq yoshlar chiqishi kutilyapti.

Sanders gapirishni boshlashi bilan hammani o'ziga mahliyo qildi, deydi Jeyk Stivens.

"Berni kurashni boshlashi bilan men xohlagan odam mana shu, degan qarorga keldim", - deydi u.

Ammo Sanders poygada yengildi. Uning tarafdorlari endi o'zlari yoqtirmaydigan nomzod bilan qoldi.

"Ikkala nomzod ham yaxshi emas. Lekin yaxshirog'ini tanlash kerak", - deydi tarafdorlardan biri.

Yoshlar tanlovda qiynalmoqda. Chunki shu paytgacha ular saylovlarda faol emas edi.

Ammo 2016-yil ular uchun boshqacha. Professor Beatris Kuartas ularning ta'sirini yuqori baholaydi.

"Ularga ishonsa bo'ladi. Mamlakat uchun to'g'ri qarorlar bera olishadi. Chunki hozirgi ishlar kelajaklarini belgilaydi", - deydi u.

Ayrimlar yomonligi kamroq bo'lgan nomzodga ovoz bermoqchi.

"Nomzodlar ikkita ekan, juda qizg'in saylov bo'ladi. Har biri farqli qarashlarga ega. Hozir beriladigan qarorlar qolgan hayotimizni belgilaydi. Biz uchun bu muhim", - deydi Jessi ismli fuqaro.

Yosh saylovchilar soni kattalar bilan tenglashgan bir paytda, ularning ishtiroki saylov natijasini hal qilishi mumkin, deydi professor Kuartas.

"Yoshlar guruh-guruh bo'lib ko'chalarga chiqishsin, gapirishsin. Ularning gaplarini eshitishni xohlaymiz", - deydi u.

Oq uy uchun kurash qizib bormoqda. Kelasi to'rt yil u yerda kim o'tirishini bu safar yoshlar hal qilishi mumkin. Bu esa ularning saylov kuni qanchalik faol bo'lishiga bog'liq.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG