Breaking News

"Milton" to'fonidan zarar ko'rgan hududlar o'ziga kelgani yo'q hali


Yakshanba kuni AQSh Prezidenti Jo Bayden Florida shtatining “Milton” to’fonidan zarar ko’rgan Tampa shahriga safar qildi, unga qo’shni Sankt-Peterburg shahrida jabrdiydalar bilan ko’rishdi.

Xalqaro hayot - 14-oktabr, 2024-yil - "Hizbulloh"ning Isroil harbiy bazasiga qonli hujumi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:10:01 0:00

Hududning suvga yaqin rayonlari toshqinga uchrab, ayrim joylarda haligacha elektr quvvati yo’q, 400 mingdan ziyod odam chiroqsiz o’tiribdi, yoqilg’i tanqis, ba’zi yoqilg’i quyish shoxobchalari elektr quvvatining yo’qligi sabab ishlamayapti.

Shtat gubernatori Ron Desantis aholini 40 litr tekin benzin bilan ta’minlashni buyurdi, aholiga muz tarqatilmoqda.

To’fon oqibatida 17 kishining o’lgani ma’lum.

Restoran egalari biznes to’xtab qolganidan nolimoqda.

Bayden shtatga federal yordam va’da qildi, vayron bo’lgan va eskirgan elektr tarmoqlarini ta’mirlash va yangilash uchun 612 million dollar ajratilishini ma’lum qildi.

"Mana shunday damlarda birlashib, bir-birimizga suyanchiq bo’lamiz. Demokrat yoki respublikachi sifatida emas, amerikaliklar sifatida. Biz yaxlit Qo’shma Shtatlarmiz”, - dedi Bayden.

Respublikachilardan prezidentlikka nomzod Donald Tramp va uning tarafdorlari nazarida, Oq uy tabiiy ofatdan jabr ko’rgan amerikaliklarga yordam berish o’rniga Ukraina va migrantlar uchun katta pul ajratmoqda.

Bayden va uning o’rinbosari Kamala Harris Trampni yolg’on ma’lumot tarqatayotganlikda ayblayapti.

“Yordamga muhtoj odamlar bor, ammo yolg’on ma’lumotni deb ular hukumatdan yordam so’rayotgani yo’q. Saylangan ma’murlar, xalqqa murojaat etish imkoni borlar bu yolg’onlarni fosh qilishi kerak”, - deydi Ichki xavfsizlik vaziri Alexandro Mayorkas.

“Milton” to’fonidan ko’rilgan zarar 50 milliard dollar miqdorida baholanmoqda.

Dam olish kunlari Harris “Xelen” to’foniga uchragan Shimoliy Karolinada bo’ldi.

“Hukumat yoki Favqulodda holatlar vazirligidan biror yordam olganimiz yo’q hali. Balki yordam kelib qolar”, - deydi shu shtatda yashovchi bir odam.

Bayden ma’muriyati Kongressdan 5-noyabrda bo’ladigan saylovgacha tabiiy ofatlardan favqulodda yordam uchun qo’shimcha pul so’ramoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG