Breaking News

Mineral moddalar tibbiyotning ajralmas qismi


Afrika cho'llarida paydo bo'layotgan mineral manbalar
Afrika cho'llarida paydo bo'layotgan mineral manbalar

Minerallar inson vujudi, uning salomatligi uchun nihoyatda muhim. Tibbiy uskunalar va asboblar yaxshi ishlashi uchun ham chuqur ahamiyatga ega. Vashingtonda tashkil etilgan ko’rgazmadamiz.

AQSh Tibbiyot institutlari deb nomlangan yirik agentlik qoshida tashkil etilgan tadbirda ko’z-ko’z qilinayotgan moddalar bir qarashda qimmatbaho toshlar. Ular tibbiy minerallar, deya tushuntiradi mutaxassislar. Yerdan kovlab olingan bu ashyolar inson salomatligi, dorilar va muolaja uchun zarur. Ular – boylik.

“Har biri o’ziga xos rol o’ynaydi. Kumush, masalan, antibiotik. Mis esa oqsil tashiydi. Tishimiz uchun ham foydali bo’lgan moddalar bor, jumladan, ftorid. Har biri alohida vazifaga ega va biz, insoniyat, uni qanday qo’llashni o’rganganmiz. Har birining o’z tarixi bor. Har biri haqida bilmagan sirlarimiz juda ko’p”.

Yetakchi ekspert Jon Gallinning aytishicha, bu minerallar tibbiy uskunalarning to’xtovsiz va sifatli ishlashini ta’minlash uchun ishlatiladi. Sog’liqni saqlash sohasini ularsiz tasavvur qila olmaysiz.

“Beril deb atalmish xrustal modda tasvirga oluvchi texnologiyaning ajralmas qismi. Suratlar tiniq va har tomonlama sifatli va ishonchli chiqishi uchun muhim. Tomografiya va mammografiyada”, - deydi Gallin.

Radiolog Les Folio gyubnerit moddasi haqida to’lqinlanib so’zlaydi. Tibbiy tasviriy sistemalarni kvartsning bu turisiz ishlatolmaysiz.

“Apparatlar bu modda yordamida har bir ko’rinishni uch o’lchamli qilib ko’rsata oladi. Deylik, saratonga chalingan bemorni tekshirayapsiz. O’pka, qorin va boshqa organlarni shu qadar aniq aks ettiradiki, ularsiz shifokorlar bemorni davolash uchun hech qanday chora ko’ra olmaydi”, - deydi Folio.

Stomatologiya sohasida keng qo’llaniladigan gips asosan Ispaniyadan keltiriladi.

“Gips aslida tosh, lekin u boshqa holatga keltirilib, tishimizni to’g’rilashda va diagnoz qo’yishda foydali modda”, - deya tushuntiradi olimlardan biri.

Aslida bu toshlar va minerallar Smitson muzeyida doimiy ko’rgazmada. Lekin hozirda tibbiyotchilar qo’lida. Insoniyat ularni bilishi, ularni qadrlashi va tushunishi kerak, deydi olimlar.

“San’at shifobaxsh yo’nalish. San’at va sog’liqni esa bir-biridan ajrata olmaysiz. Musiqa desa jon deymiz. Xrustal va minerallarga qaraganingizda nima ko’z oldingizga keladi? Foydasini qanchalik bilasiz?"- deydi Gallin.

Mineral, qimmatbaho metal va toshlar azaldan jismoniy va ruhiy salomatlik garovi bo’lib kelgan. O’rganishda davom etamiz.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG