O'zbekiston Fanlar Akademiyasi qoshidagi Tarix institutida xalqaro munosabatlar va zamonaviy tarix bo'limi boshlig'i, Tarix fanlari doktori Mirzohid Rahimov 2015-yilning kuzidan beri Vashingtondagi Jons Hopkins Universitetida malaka oshirib, izlanmoqda. Bu imkoniyatni u "Fulbrayt" dasturi (Fulbright Scholar Program) orqali qo'lga kiritgan.
"Amerika Ovozi" bilan bir soatlik suhbatda olim qator mavzularni muhokama qildi: O'zbekistonning qadim va yaqin tarixi, mustaqillik davrining o'ziga xos bosqichlari, siyosat va iqtisod, islohotlar, o'zlik, millat va davlat shakllanish jarayoni, ta'lim, yoshlar va imkoniyatlar.
Shuningdek, Amerika va dunyoning boshqa mamlakatlaridan respublika qanday saboq va namunalar olishi mumkin?
"Fulbrayt" olimlar almashinuvi dasturining ahamiyati nimada?
O'zbekistonning zamonaviy tarixini kim, nima asosda yozmoqda?
O'tmishda saboq olish nima degani?
O’rta Osiyomi yoki Markaziy Osiyo?
Markaziy Osiyo uchun integratsiya nega murakkab masala?
Mintaqa tarixchilari hamkorlik qiladimi?
Demokratiya Markaziy Osiyo, xususan O'zbekiston uchun qanchalik yangi tushuncha?
Ta’lim, ilm-fan sohasini mustahkamlash uchun aynan nima qilmoq zarur?