Indoneziyada “Jahon go'zali” tanlovi islomiy guruhlar bosimi ostida aksariyat aholisi hindlar bo’lgan Bali orolida o’tkaziladigan bo’ldi. Ayni vaqtda poytaxt Jakartada butun dunyodan yig’ilgan muslima qizlar o’z tanlovini uyushtirdi.
“Muslima malika" tanlovi qatnashchilari suvda cho’miladigan kiyim emas, balki boshidan oyig’igacha yopilgan uzun hijoblarda sahnaga chiqdi.
Bu muslimalarning “Jahon go'zali” tanloviga javobi bo’lib, unda turli mamlakatlar, shu jumladan, Eron va Nigeriya vakilalari ishtirok etdi.
Tadbir sobiq Indoneziya televideniyesi diktori Eka Shanti tomonidan tashkil etilgan. U efirda ro’molini yechishdan bosh tortganidan keyin ishdan bo’shatilgan edi.
“Jakartadagi tanlov Balidagi “Jahon go'zali” tanloviga qarshilik tariqasida uyushtirildi. - deydi Shanti, - Muslima qizlar ham go’zal, lekin bu go’zallikning boshqacha, ibo va hayoli ko’rinishi”.
“Muslima malika” tanlovi ishtirokchilariga qo’yilgan talablar ham o’ziga xos. Qizlar har kuni hijobda yurishga odatlangan bo’lishi shart. Ular Qur’onni yaxshi o’qiy olishi va islom hamda dunyo haqida mustaqil fikrlay bilishi kerak.
“Human Rights Watch” inson huquqlari tashkilotining Indoneziya bo’yicha mutaxassisi Andreas Harsononing aytishicha, “Jahon malikasi” ham, “Muslima malika” ham go’zallik tanlovlari bo’lib, shu sababdan bir-biridan keskin farq qilmaydi.
“Har ikkala tanlov ishtirokchilari ayol go’zalligi haqida gapirmoqda, garchi birida hijobdagi qizlar chiqsa-da. Boshqa tarafdan, ayolning jinsiy jozibasini ko’z-ko’z qilishni qoralaganlar ham aslida shunday qilyapti, demak bu ham islomga to’g’ri kelmaydi”, - deydi u.
Harsonoga ko’ra, mamlakatda islomiy qadriyatlar qonunlarda ham aks etmoqda. Xususan, 100 ta mahalliy qonun va qarorlarda xotin-qizlardan hijobda yurish talab qilinadi.
Indoneziya aholisi soni bo’yicha dunyodagi eng yirik musulmon mamlakat.
Avvaliga “Jahon go'zali” tanlovi poytaxt Jakartada o’tkazilishi kutilgan edi. Ammo radikal islomiy guruhlar bunga tish-tirnog’i bilan qarshi chiqdi.
Namoyishchilar tadbirni pornografiya bilan qiyosladi, tanlov tashkilotchilari suratlarini o’tga tashladi.
Tanlov tashkilotchilari qizlarning suvda cho’miladigan kiyimda chiqishini bekor qilib, ularning Indoneziya milliy kiyimi bo’lgan sarong, ya’ni uzun yubkalarda chiqadi, deya va’da berdi. Bunday o’zgarishlarga qaramay, islomiy guruhlar talablarini yumshatmadi. Shunda o’rtaga tushgan hukumat tanlovni, asosan, hindlar yashaydigan Bali oroliga ko’chirishni buyurdi.
Harsono fikricha, rasmiylar qarori islomiy ekstremistlar oldida hukumatning pozitsiyasi zaif ekanidan dalolat beradi.
“Jahon go'zali tanlovining boshqa joyga ko’chirilishi oqibatida musulmon ekstremistlar hukumatga jiddiy ta’sir ko’rsata olishi ayon bo’ldi. Demak, islomiy guruhlar ko’chalarga 1000-2000 odam olib chiqsa, maqsadiga erishar ekan-da. Tanlov Baliga ko’chirildi. Lekin ular hatto Balida ham tanlovning o’tkazilishiga qarshi”, - deydi u.
2011-yildan buyon o’tkazilayotgan “Muslima malika” tanlovida bu yil xorijdan go’zallar ham qatnashdi. Unda Obabiyi Oysha Ajibola ismli nigeriyalik qiz g’olib chiqdi. 21 yoshli “malika” 2000 dollar mukofot hamda Makka va Hindistonga safar qilish imkoniyatini qo’lga kiritdi.
“Jahon go'zali”ga kelsak, 8-sentabrda Balida ochilgan tanlov shu oy oxirigacha davom etadi. Darvoqe, tanlovda ilk bor o’zbekistonlik qiz Rahima G'aniyeva ham ishtirok etdi. Ammo u dastlabki bosqichdan o’ta olmay, yig’indagi ishtirokiga yakun yasadi. G'aniyeva O'zbekiston hukumati tomonidan tan olinmagan, chunki bu mamlakatda go'zallik tanlovlari o'tkazilmaydi. Shunga qaramay G'aniyeva Toshkentda go'zallik konkursida g'olib bo'lgani va respublika malikasi deb topilganini da'vo qildi. Bu xalqaro tanqid va munozaralarga sabab bo'ldi.