Bolqondagi yana bir mamlakat NATOga a’zo bo’ldi. Dushanba kuni AQSh Davlat departamentida Chernogoriyani alyansga 29-a’zo sifatida qabul qilish marosimi bo’lib o’tdi. Rossiya bunga qarshi.
Bir vaqtlar kommunistik Yugoslaviyaning bir qismi bo’lgan Chernogoriya 2006-yilda Serbiyadan referendum vositasida ajralib mustaqil bo’ldi.
Vashingtondagi tadbirda qatnashgan bu mamlakat Bosh vaziri Dushko Markovichning aytishicha, bu uning kichik mamlakati uchun buyuk kundir.
"Chernogoriya Birinchi jahon urushidan so’ng salkam 100 yilga siyosiy xaritadan yo’qolib ketgan edi. Mustaqillikka erishganidan 11 yil o’tib, Chernogoriya yana dunyo siyosatiga qaytdi. Bugungi kundan boshlab ortiq hech kim taqdirimizni biz uchun hal qilmaydi”, - dedi Markovich.
NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg ham marosimda qatnashdi.
“Chernogoriyaning NATOga qo’shilgani alyansga a’zo bo’lmoqchi bo’lgan boshqa mamlakatlarni ham islohotlarga, demokratik o’zgarishlarga, qonun ustuvorligini ta’minlashga, armiyasini isloh qilishga, umumiy mudofaamizga hissa qo’shishga undaydi”, - dedi Stoltenberg.
Facebook Forum