Moskva Ukraina sharqida ikki viloyatda o’tgan referendum natijalarini hurmat qilishini aytmoqda. Kreml nazarida rasmiy Kiyev va ayirmachilar saylov natijasini kelishib hayotga tadbiq etishi kerak.
Sharqdagi Donetsk va Lugansk, separatist kuchlarning bildirishicha, Ukrainadan ajralib chiqishni yoqlab ovoz bergan. O'zini mustaqil deya nomlayotgan ayirmachilar endi Rossiya tarkibiga kirish istagini bildirmoqda.
Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning bugun aytishicha, Ukrainada tanazzulni bartaraf etishning yagona yo’li - Kiyev va Rossiyaga moyil kuchlar o’rtasida muzokara. Xalqaro muloqot tashkil qilib o’tirishga hojat yo’q, deb hisoblaydi Lavrov.
Ukraina muvaqqat rahbariyati isyonchilar o’tkazgan referendumni qonunga zid safsata deya rad etayapti.
Vaqtli prezident Oleksandr Turchinov bugun parlamentda so’zlab, saylov qotillik, odam o’g’irlash, zo’ravonlik va boshqa jiddiy jinoyatlarni yashirish uchun qilingan propaganda, xolos, dedi.
Biroq Turchinov Ukraina sharqida qon to’kilishlarga aloqasi bo’lmagan, qonunni hurmat qilgan odamlar bilan muloqotni davom ettirishga tayyor.
Donetsk va Luganskdagi referendumda, separatistlar so’zlariga ko’ra, 90 foiz aholi mustaqillikni yoqlab chiqqan.
Bu orada, Yevropa Ittifoqi tashqi ishlar vazirlari bugun uchrashib, Moskvaga qo’shimcha sanksiya qo’yish masalasini muhokama qilayapti. Ittifoq shu tariqa Kremlni Ukraidagi beqarorlikda hissasi uchun jazolamoqda.