Breaking News

Musulda salkam 20 yillik tanaffusdan so'ng katta masjid qurilishi jonlandi


Masjidning 2017-yildagi ko'rinishi
Masjidning 2017-yildagi ko'rinishi

Iroqning Musul shahrida salkam 20 yil oldin qurilishi to’xtab qolgan katta masjidda qurilish ishlari davom ettirilgani haqida ma’lum bo’ldi. Iroq sunniy vaqfi Yaponiyaning “JADEX” kompaniyasini pudratchi sifatida yollagan.

Xalqaro hayot – 7-sentabr, 2020-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:08:27 0:00

Qurilish 1990-yillar o’rtalarida boshlangan edi. Boshida masjidga mamlakatning o’sha paytdagi rahbari Saddam Husayn sharafiga Saddam masjidi deb nom berilgan edi, biroq 2003-yilda AQShning Iroqqa hujumi ketidan Saddam Husayn hokimiyatdan ag’darilib, dorga osilgan.

Hokimiyat ozchilikdagi sunniylardan shialarga o’tdi.

Masjidda bunyodkorlik ishlarini 2013-yilda davom ettirish ko’zlangan edi, biroq “Islomiy davlat” jihodchi guruhining Iroq shimolidagi faoliyati tufayli qurilish yana to’xtab qoldi.

Musul Katta masjidi Nineve viloyatida joylashgan bo’lib, “JADEX” kompaniyasi 500 odamni ish bilan ta’minlamoqda. Yapon shirkatiga ko’ra, yangi texnologiyalar azonga da’vatni osmonda lazer yordamida yozib chiqarishga imkon beradi.

Masjid hududi 75 ming kvadrat metr bo’lib, imorat 30 ming kvadrat metr joyni egallaydi. Ibodatxona 5000 ga yaqin odamni sig’dirishi ko’zlangan.

Masjidda katta majlislar zali, banket xonasi, uch qavatli mehmonxona, imomlar va xodimlar uchun uy-joy bo’ladi.

Inshoot o’z infratuzilmasiga ega bo’ladi. Suvni tozalash stansiyasi, elektrostansiya, chiqindi suvlarni tozalash markazi shular jumlasidan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG