Breaking News

Amerika generali: Iroq armiyasi Mosulni tez orada qaytarib oladi


General Stiven Taunsend Bag'dod shimolida Iroq ofitserlari bilan ko'rishmoqda. 8-fevral, 2017-yil.
General Stiven Taunsend Bag'dod shimolida Iroq ofitserlari bilan ko'rishmoqda. 8-fevral, 2017-yil.

Amerikaning Iroqdagi qo'mondoni so'zlariga ko'ra, yaqin yarim yilda Mosul va Raqqa shaharlari "Islomiy davlat"dan tortib olinadi.

Iroq kuchlari Mosul shahridagi hududlarni qaytatib olgan va tez orada shaharning g'arbiy qismiga yurish qiladi.

General Stiven Taunsendning aytishicha, bu "Islomiy davlat" mag'lub bo'ldi degani emas.

"Biroq Mosul va Raqqani boy bergandan keyin jangarilar xalifalik haqidagi da'volardan voz kechishga majbur bo'ladi", - deydi u.

Generalning so'zlariga ko'ra, Suriya qo'shinlari Amerika askarlari bilan birlashib, "Islomiy davlat"ga qarshi olishmoqda.

Mosul Iroqning ikkinchi eng yirik shahri va jangarilar qo'lidagi aholisi eng ko'p manzil. "Islomiy davlat" o'ziga poytaxt deb olgan Raqqani esa koalitsiya bir necha haftada qaytarib olish niyatida.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG