Breaking News

Noqonuniy immigratsiya va jinoyatchilik o'rtasida bog'liqlik bormi?


"MS-13" jinoiy guruhi a'zolari
"MS-13" jinoiy guruhi a'zolari

Tramp ma’muriyati Salvadordan chiqqan ko’cha jinoyatchilariga qarshi choralarni kuchaytirmoqda. “MS-13” nomini olgan bu guruhga qarshi kurash bahonasida, deydi Oq uy tanqidchilari, hukumat noqonuniy muhojirlarni nishonga olmoqda.

Yaqinda “MS-13” guruhining bir necha a’zosi qo’lga olindi. Guruh ko’chada jinoyatlar sodir etish bilan tanilgan.

Prezident Tramp ularning kuchayishida sobiq rahbar Barak Obamaning immigratsiya siyosatini ayblaydi.

“MS-13”ni butunlay yo’q qilamiz”, - dedi Tramp.

Adliya vaziri Jeff Seshnsning aytishicha, bu boradagi ayrim yutuqlarga qaramay, jinoyatchilar Gonduras, Gvatemala va Salvadorda yangi a’zolarni yollashda davom etmoqda.

“Chegaralarimizni mustahkamlab, immigratsion qonunlarni kuchaytirib, guruhni ta’minot tizimidan ayiramiz”, - dedi vazir.

“MS-13” yulg’ichlik, reket, qoradori savdosi bilan shug’ullanadi.

Vashingtondagi Kato Institutida immigratsiya masalalarini o’rganuvchi ekspert Aleks Novrastehning aytishicha, immigratsiya oqimini kamaytirish bilan muammo hal bo’lmaydi.

“Odamlarni yollash uchun pul kerak, pul esa guruhga qoradori savdosidan kelmoqda”, - deydi u.

2012-yildan beri Chegara xizmati patruli AQShning janubi-g’arbiy chegaralarida chorak million markaziy amerikalik bolalarni qo’lga olgan. Shulardan atigi 160 nafari jinoiy to’da a’zolari bo’lib chiqdi.

“MS-13” a’zolarining 90 foizi noqonuniy muhojir bo’lishiga qaramay, yaqinda AQShning bir necha shahrida o’tgan reyd davomida hibsga olingan jinoyatchilarning aksariyati Amerika fuqarolari bo’lib chiqdi.

Tahlilchi Novrastehning aytishicha, noqonuniy immigratsiya va jinoyat o’rtasida bog’liqlik yo’q.

“Ma’lumotlarga qaraydigan bo’lsak, muhojirlar xoh qonuniy bo’lsin, xoh noqonuniy, Amerikada tug’ilgan odamlarga qaraganda ancha kamroq jinoyat sodir etadi”, - deydi u.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG