Breaking News

Muhammad Ali haqida yangi hujjatli film


Muhammad Ali haqida yangi hujjatli film - I am Ali
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:37 0:00

Muhammad Ali haqida yangi hujjatli film - I am Ali

"Men Aliman" deb nomlangan yangi hujjatli filmda afsonaviy bokschi Muhammad Ali shaxsiy hayotining yangi qirralari ochib beriladi. Film sportchining oilasi davrasida yozib olingan audiosuhbatlari asosida tayyorlangan.

Muhammad Ali haqida hujjatli film, Behzod Muhammadiy
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:45 0:00

"Otam serqirra inson. Uning janglari haqida ko'p eshitgansiz, lekin oilasi haqida, oilaga munosabati haqida kam bilasiz", - deydi Muhammad Alining qizi Maryam Ali.

"Dadangning ismi nima?"
"Muhammad Ali!"

Bular Muhammad Ali va yosh qizi o'rtasida bo'lib o'tgan suhbat muhrlangan audioyozuvdan. Tasmalar haqida yaqin-yaqingacha hech kim, hatto ayrim oila a'zolari ham bilmagan.

"Maryam, sen hozir 11 yoshdasan", - deydi Muhammad Ali tasmadagi yozuvda.

Klara Lyus suratga olgan hujjatli filmda boks bo'yicha jahon chempionining oilaviy munosabatlari yoritilgan. Alining qizi Hana audioyozuvlarni Lyusga taqdim etdi.

"Dadam har doim o'tmishni eslab yurgan, shuning uchun u subatlarimizni ko'plab audiokassetalarga yozib olgan", - deydi Hana Ali.

Filmda Alining shon-shuhratga cho'mgan davrlari ham ask etgan. Do'stlari va raqiblari uch karra jahon chempionini hissiyotli va jasoratli inson deya ta'riflaydi. Ali Vyetnam urushiga borishdan bosh tortgani uchun chempionlik kamaridan hamda bokschilik guvohnomasidan mosuvo qilinadi. Uning yaqin do'sti, sobiq futbolchi Jim Braun buni shunday xotirlaydi.

"Juda jasoratli odam edi. Yolg'izlanib qolishdan, erishgan yutuqlari tortib olinishidan va pulsiz qolishdan qo'rqmadi. Bu juda qiyin edi", - deydi u.

Ammo Ali e'tiqodidan voz kechmadi. 1974-yil, 32 yoshida yana ringga qaytdi.

"Jorj Formen men bilan uchrashganda, qarzini to'laydi. Men uning adabini berib qo'yaman. Muhammad Ali nimaga qodirligini ko'rasiz", - degan edi Muhammad Ali mashhur janglaridan birini o'tkazishdan oldin.

U bahaybat Jorj Formenni yengib, chempionlik kamarini qaytarib oldi.

"U bilan ringga tushar ekanman, qo'limdan kelgan hamma ishni qildim. Urdim, 5-6 raund undan ustun ham keldim. Oson bo'ladi, deb o'ylagan edim. Oltinchi raundda u qulog'imga shivirlab, "Bor-yo'g'ing shumi, Jorj?" dedi. Darhaqiqat, bor-yo'g'im shu edi", - deya eslaydi Muhammad Alining sobiq raqibi Jorj Formen.

"Men Aliman" filmida bokschining buzilgan oilalari haqida gapirilmaydi, ammo Alining farzandlari bilan yaqinligiga alohida e'tibor qaratiladi.

Ravon nutqi bilan tanilgan Muhammad Ali keksaygan sari tildan qola boshladi. Unda Parkinson xastaligi alomatlari yuzaga chiqqan edi. U 70-yillar oxirida katta sportni tark etdi, 80-yillar o'rtasiga kelib esa Parkinson xastaligi bian og'riyotgani ma'lum bo'ldi. Ammo Muhammad Ali farzandlari va butun dunyodagi muxlislari uchun kuch-qudrat va shon-shuhrat ramzi bo'lib qolaveradi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG