Bugun 11-sentabr xurujlarining 11 yilligi xotirlanmoqda. Nyu-Yorkda qulagan osmono’par egizak binolar o’rnida yangisi qad ko’tarmoqda. Voqea sodir bo’lgan joyda muzey ham qurilayotgan edi, ammo pul tugab, qurilish to’xtab qolgan.
Prezident Obama xuruj qurbonlarini xotirlar ekan, Nyu-York, Vashington va Pensilvaniyada birinchilardan bo’lib yordamga shoshilgan fidoiylarni olqishladi.
Uning aytishicha, Qo’shma Shtatlar siyosati va harakati natijasida al-Qoida rahbariyatiga zarba berilib, Osama bin Laden bugun AQShga ortiq tahdid sololmaydi.
Bu kun mamlakat bo’ylab xotira marosimlari o’tkaziladi. O’tgan yili Nyu-Yorkda ochilgan 11-sentabr yodgorligi gavjum bo’lishi kutilmoqda. Bir yilda to’rt million odam uni ko’rishga muvaffaq bo’ldi.
Yodgorlik yonida esa 11-sentabr voqealariga bag’ishlangan muzey qurilyapti. Aslida bu maskan bugun ochilishi kerak edi, ammo moliyaviy sabablarga ko’ra loyiha bitkazilmagan. Vayron bo’lgan egizak binolarga egalik qiluvchi Nyu-York port ma’muriyati va muzeyni qurayotgan jamg’arma o’rtasida moliyaviy bahs yuzaga kelib, loyiha chala qoldi.
11-sentabr voqealarida turmush o’rtog’ini yo’qotgan Monika Ikenning aytishicha, bu uyatli holdir.
"Butun dunyoga sharmanda bo’lyapmiz. Xorijiy sayyohlar bu joyga kelib, har safar “muzey qachon ishga tushadi” deya so’rashadi. Ularga nima deb javob qaytarishni bilmaysan. “Pul uchun janjallashishyapti” deymizmi", - deydi bu ayol.
Muzeydan mash’um voqealar va unda halok bo’lgan odamlarga aloqador buyumlar, eksponatlar joy olishi kutilmoqda. Al-Qoida va xurujlarni amalga oshirganlikda ayblangan odamlar haqida ma’lumot ham bo’ladi.
2001-yil fojiasida o’g’lidan judo bo’lgan Jim Richesning aytishicha, terrorchilar haqida ko’p ma’lumot bermaslik kerak.
"Ularni mashhur qilishning nima keragi bor, qahramonmas-ku", - deydi u.
Muzey ixtiyorida ko’plab boshqa xotiralar ham bor, ammo ular hech qachon ko’rgazmaga qo’yilmaydi. 9000 dan ziyod suyaklar va to’qimalar…Ular yetti qavat yer ostida saqlanib, qurbonlar oila a’zolari va tibbiy xizmatchilargina ko’rishi mumkin.
Biroq Riches va xurujda nobud bo’lgan yana 16 kishining oilasi muzeyni sudga berib, qurbonlar tana a’zolarini olib chiqib, tobutda saqlashni talab qilmoqda.
"Mamlakatdagi biror muzeyda inson qoldiqlarini ko’rmaysiz. Bunga jur’at etishdan oldin oilalardan ruxsat olish kerak edi", - deydi Jim Riches.
Nyu-York meri Maykl Blumberg muzey jamg’armasi kengashiga raislik qiladi. Uning aytishicha, jasadlar kelajakda DNK analizi yordamida shaxsini aniqlash maqsadida saqlanmoqda.
"Qoldiqlar oddiy xonada saqlanayotgani yo’q. Ularni ehtiyot qilib, barcha zarur choralar ko’rganmiz", - deydi Blumberg.
Ayni damda muzeyning po’lat va oynadan tayyorlangan kirish qismi qurib bitkazildi, ammo ichkaridagi pardoz ishlari yakunlanmagan. Ayrim odamlar va, ayniqsa, bolalar ruhiyatiga qattiq tegishi mumkin bo’lgan video va suratlar ko’rgazmaga qo’yilmaydi.