Breaking News

Myanma hukumati isyonchilar bilan tinchlik sulhiga imzo chekdi


Isyonchi guruhlar hamda hukumat vakillari tinchlik kelishuviga imzo chekmoqda, Yangon, Myanma, 31-mart, 2015-yil.
Isyonchi guruhlar hamda hukumat vakillari tinchlik kelishuviga imzo chekmoqda, Yangon, Myanma, 31-mart, 2015-yil.

Myanma hukumati hamda mamlakatning 16 asosiy etnik guruhi vakillari uzoq yillik quorolli mojaroga barham berish uchun sulh loyihasiga imzo chekdi.

Poytaxt Yangonda o'tgan imzo chekish marosimida Prezident Teyn Seyn tinchlik kelishuvini olqishlab, uni isyonchi guruhlar bilan siyosiy muloqot o'rnatish yo'lida tashlangan birinchi qadam deb atadi.

Bitimning yakuniy nusxasi imzolanishi oldidan tomonlar o'zaro yana bir bor uchrashib, so'nggi shartlar ustida muzokara o'tkazishi kutilyapti. Konferensiyaning qachon bo'lishi aniq emas.

BMT tinchlik loyihasini "tarixiy va muhim yutuq" deb olqishladi.

"Mamlakat bo'ylab tinchlik kelishuvi siyosiy va harbiy muammolarni hal qilish uchun kengroq muloqot o'tkazish sari tashlangan birinchi qadamdir. U Myanmada barchani qamrab oladigan va tinch kelajak yaratishga zamin hozirlaydi", - dedi BMTning maxsus maslahatchisi Vijay Nambiar.

Birmada hukumat kuchlari va isyonkor etnik guruhlar 65 yildan beri o'zaro kurashib keladi. Chegara hududlarida yashovchi ozchilik elatlar avtonomiya berilishini talab qiladi.

Hukumat qo'zg'olonchilar bilan 2013-yildan beri tinchlik muloqoti olib bormoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG