O’tgan yakshanba Myanmada 1-fevral kuni hokimiyatni davlat to’ntarishi yo’li bilan qo’lga olgan harbiy xuntaga qarshi namoyishlarning eng qonlisi qayd etildi. Mamlakat bo’ylab kamida 38 odam o’lgan. Natijada hukumat ayrim joylarda harbiy holat joriy etdi.
Masalan, Rangun shahrida xitoyliklar yashovchi mahallada talon-taroj kuzatilishi ketidan harbiylar qurolni ishga solishga majbur bo’ldi.
Xitoy elchixonasining bildirishicha, shaharda xitoyliklarga tegishli tikuvchilik fabrikasi, omborxonalar va bir mehmonxona talon-taroj etilib, yoqib yuborilgan, ko’p odam jarohat olgan.
Hukumatga qarshi namoyishchilar nazarida, Pekin Myanmadagi fitnachilarni qo’llab-quvvatlamoqda.
Davlat to’ntarishi ketidan mamlakat rahbari Au San Su Chi hibsga olindi, yangi saylangan parlament a’zolarining mandati bekor qilinib, ba’zilari hibsga olinishdan qo’rqib yashirinib yuribdi.
Harbiylarga ko’ra, o’tgan yilgi saylovda berilgan ovozlarning aksariyati soxtalashtirilgan.
1-fevraldan beri mamlakat bo’ylab namoyishlarda o’lganlar soni 138 ga yetgan.
Facebook Forum