Breaking News

Myanma prezidenti muxolifatni saylovdagi g'alaba bilan qutladi


Muxolifat yetakchisi Au San Su Chi
Muxolifat yetakchisi Au San Su Chi

Osiyoning harbiylar diktaturasi ostidagi Myanma (sobiq Birma) davlatida o'tgan parlament saylovlarida yakuniy natijalar e'lon qilindi. Muxolif Demokratiya uchun milliy liga partiyasi ikki palatali parlamentdagi o'rinlarning salkam 90 foizini qo'lga kiritdi. Bu 135 ta o'rin degani.

Mamlakat Prezidenti general Teyn Sheyn muxolifat yetakchisi Au San Su Chi va uning partiyasini g'alaba bilan qutladi.

Harbiylar tomonidan qo'llab-quvvatlanayotgan hukmron Birdamlik va taraqqiyot ittifoqi partiyasi esa mag'lub bo'ldi.

Axborot vazirligining bildirishicha, prezident hokimiyatni tinch yo'l bilan topshirishga va'da berdi.

Au San Su Chining o'zi Yangon shtatidan parlamentga qayta saylangan.

Muxolifat lideri prezident, parlament spikeri va mudofaa vaziriga o'tish jarayoni xususida gaplashishni taklif etdi.

Myanma qonuniga ko'ra, prezidentni parlament saylaydi, biroq Au San Su Chi prezident bo'la olmasligi mumkin, chunki farzandlari yoki turmush o'rtog'i xorijda tug'ilgan arbob qonunan prezident bo'la olmaydi. Ammo marhum umr yo'ldoshi britaniyalik bo'lgan, ikki farzandi Britaniyada tug'ilgan 70 yashar faolning aytishicha, g'olib partiya rahbari sifatida barcha qarorlarni u qabul qiladi.

Parlamentdagi o'rinlarning 25 foizi avtomatik ravishda harbiylarga beriladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG