Breaking News

Gumanitar tashkilotlar Myanmada jabrdiydalarga yordamni oshirmoqda


Myanma va boshqa mamlakatlarda ta’qib etilayotgan etnik guruhlarga gumanitar yordam beruvchi va mojarolar haqida ma’lumot ulashuvchi “Erkin Birma reynjerlari” tashkiloti Myanmaning armiya havo zarbasiga uchragan Karen shtati bilan chegaradosh hududlarda insonparvarlik yordamini oshirdi. Guruh Sudan, Suriya, Iroq, Kurdistonda ham ish olib borgan.

Xalqaro hayot – 16-aprel, 2021-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:11:18 0:00

Myanmaning Karen shtati yaqinda hukumat kuchlari hujumlariga uchrashi ketidan minglab ko’chirilganlar oziq-ovqat, dori-darmon, boshpanaga muhtoj.

“Ozod Birma reynjerlari” asoschisi va rahbari Devid Yubankning aytishicha, 30 dan ortiq jamoa ayni paytda shtatda faoliyat yurityapti.

“Jamoalarimiz odatda mojaro zonalarida ishlaydi. Odamlarga dori-darmon tarqatamiz, tibbiy yordam bilan ta’minlaymiz, kasallar va yaradorlarga yordam beramiz, oziq-ovqat yetkazamiz, changalzorlarda jon saqlayotgan odamlarga boshpana uchun brezent ulashamiz, ularning boshidan o‘tgan voqealarni yozib olib, dunyoga bildiramiz”, - deydi Yubank.

“Ozod Birma reynjerlari” tashkilotining ko’p a’zolari karen xalqi vakillaridir.

Ulardan biri tashkilot rahbarining o’rinbosari Ka Po Sey bo’lib, o’tmishda qarshilik harakati jangchisi bo’lgan, urushdan charchagan ona yerining azob-uqubatlariga uzoq yil guvoh bo’lgan. Hozirda u mamlakatda qolgan do’stlari va oila a’zolariga yordam berish maqsadida foto va video vositasida inson huquqlarining poymol qilinishini qayd etishda ishtirok etadi.

“Hamqishloqlarim hozir og’ir ahvolda. Tashkilotimizning shifokorlar guruhlari ularni zo’ravonliklardan qutqarishga harakat qilmoqda. Oilalarimiz, rafiqalarimiz, bolalarimiz changalzor va g’orlarga qochib, jon saqlashga urinmoqda”, - deydi Ka Po Sey.

Aksariyat ko’chirilgan insonlar ruhiy azobdan o’ziga kelmagan hali. Ko’plari 70 yildan ortiq vaqtdan beri davom etayotgan mojarodan boshqa hayot ko’rmagan.

Yubankning aytishicha, Myanma kuchlari yaqindan beri aholini havodan nishonga ola boshlagan.

“Karen shtatida 25 yildan ortiq vaqtdan beri ishlayotgan bo’lsam, aholi punktlarining bombardimon qilinishini hech ko’rmaganman. Hozir esa har kuni shu ahvol. Odamlarni tartibsiz nishonga olishyapti. Ko’pchilik o’lib ketdi. Yangon va boshqa shaharlarda ham shunday. Bolalar, ayollarni o’ldirishyapti”, - deydi tashkilot rahbari.

Myanmadagi inqirozning keti hali beri ko’rinmas ekan, mamlakat ichkarisi va tashqarisidagi gumanitar tashkilotlar aholiga yordamni oshirishga harakat qilyapti.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG