Breaking News

Yevropa Ittifoqi Myanmadagi harbiylarni qora ro'yxatga kiritishi mumkin


Myanmada minglab biznes egalari davlat to’ntarishiga qo’l urgan harbiy xuntaga qarshi ish tashlash da’vatlariga quloq solib, bugun idoralari, do’konlarini ochmagan. Rangun shahrida minglab odam namoyishga chiqdi.

Xalqaro hayot - 22-fevral, 2021-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:08:56 0:00

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish Myanma harbiylariga murojaat qilib, namoyishchilarga qarshi zug’umni to’xtatishga, hibsga olingan yuzlab odamni ozod etishga chaqirdi.

“Demokratiyaga bolta urilayotganiga, shafqatsiz kuch ishlatilishiga, barcha turdagi namoyishlarning qatag’on etilayotganiga, asossiz hibsga olishlarga, fuqarolik jamiyatiga hujumlarga, ozchilikdagi guruhlarga qarshi jiddiy qonunbuzarliklarga, roxinja aholisining etnik tozalanishiga guvohmiz”, - deydi Guterrish.

Myanma davlat televideniyesi “Facebook”dagi sahifasi orqali odamlarni namoyishda qatnashmaslikka da’vat etishi hamda namoyishlar to’qnashuvlarga olib kelib, insonlar hayotini xavf ostiga qo’yishi mumkinligi haqida ogohlantirishi ketidan “Facebook” ma’muriyati telekanal sahifasini bloklab qo’ydi.

Bu o‘rtada Yevropa Ittifoqi harbiy xuntaga sanksiya qo’yishi haqida ma’lum qildi.

Xususan, Germaniya Tashqi ishlar vaziri Xayko Maasning aytishicha, Myanmadagi harbiylar Yevropa Ittifoqi tavsiyalari va da’vatlariga quloq solmay, unga boshqa chora qoldirmayapti.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG