Breaking News
Din

BMT: Birma hukumati musulmonlarga fuqarolik bersin


Taxminan 140 ming rohinja Rakxain shtatidagi ovloq, tor bir chodir shaharchada yashashga majbur.
Taxminan 140 ming rohinja Rakxain shtatidagi ovloq, tor bir chodir shaharchada yashashga majbur.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi Birma hukumatini taqib ostida qolayotgan ozchilik elat rohinjaga fuqarolik berishga da'vat etayapti.

Assambleya kecha ma'qullagan rezolyutsiyada Birmadagi bu musulmon elatga shafqatsiz muomala yuzasidan xavotir bildiriladi.

Taxminan 140 ming rohinja Rakxain shtatidagi ovloq, tor bir chodir shaharchada yashashga majbur.

2012-yilning yozida bu shtatdagi dinlararo adovat qariyb 280 odamning boshini yegan edi.

Birma hukumati rohinjani elat deb tan olmaydi. Aksincha, ularni Bangladeshdan kelgan noqonuniy muhojirlar deya ta'riflaydi.

BMT rezolyutsiyasida bu guruhga to'laqonli fuqarolik berish haqida so'z boradi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG