Neftga boy Ozarbayjon Tog’li Qorabog’ning o’tgan yilgi urushda qo’lga kiritilgan hududlarini qayta qurishga ahd qilgan.
Qo’shni va qardosh Turkiya hamda uning jangovar dronlari yordamida erishilgan g’alaba Rossiya vositachiligidagi sulh bilan muhrlandi.
G’alaba turk qurilish kompaniyalariga ham foydali bo’ldi.
“Tog’li Qorabog’ Ozarbayjon hududining 20 foizini tashkil etadi. Mintaqani qayta qurish uchun 15-16 milliard dollar kerak bo’ladi. Infratuzilmani noldan yaratish kerak – maktablar, kasalxonalar, ijtimoiy muassasalar, uylar, davlat idoralari. Turk kompaniyalari katta imkoniyatlar bilan yuzlashmoqda”, - deydi Turkiya-Ozarbayjon biznes uyushmasi rahbari Jamol Yangin.
Iqtisodiy imkoniyatlar Kavkazda tinchlikni ta’minlashga hissa qo’shishi aytilmoqda.
“Ozarbayjon va Armaniston o’rtasida urushning hozir yoq’ligi iqtisodiy hamkorlikni osonlashtiradi”, - deydi Tashqi siyosat instituti prezidenti Husayn Bog’chi.
Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdog’an yaqinda Armaniston bilan chegarani ochish ustida gaplashishga tayyor ekanini aytdi. Unga ko’ra, Armaniston bilan savdo rishtalarini kuchaytirish orqali mintaqani Rossiya ta’siridan chiqarish mumkin.
“Turk-arman munosabatlarining rivojlanishi Rossiyaning Armanistonga ta’sirini tushirishi aniq. Ammo shuni unutmaslik kerakki, Rossiyaning Armanistonda 4000 dan oshiq askari joylashgan. Harbiy bazasi poytaxtga yaqin, aeroportni nazorat qiladi”, - deydi Bonn universitetida siyosiy tahlilchi Zaur Gasimov.
Anqara Kavkaz mintaqasiga Turkiyaning sustlashgan iqtisodiyotini jonlantirish uchun imkoniyat sifatida qaramoqda. Biroq Erdog’an Rossiya o’z manfaatlari doirasi deb ko’ruvchi hududda ehtiyotkorona siyosat yuritishiga to’g’ri keladi.
Facebook Forum